130 Nemis faylasufi
Gotfrid Vilgelm Leybnits (1646-1716 yy.) Spinozaning
fikriga qarshi chiqib, materiya substantsiya bo'la olmaydi, chunki materiya
ko'lamlidir va shu sababli bo'linuvchidir, substantsiya esa muloqot vositasi
bo'lmog'i lozim. Uning fikricha, dunyoning asosini monodalar — bo'linmas ruhiy
substantsiyalar tashkil qiladi, butun koinot ana shulardan tarkib topgan.
Monodalar soni cheksizdir, ulardan har biri idrok va intilishga egadir, bu
esa, Leybnitsning fikricha, substantsiyaning harakatchanligini, faol harakatini
ta'minlaydi. Uning ta'limotining dialektikasi ana shundan iboratdir, bu idealistik
dialektika edi. Chunki uning fikricha, monodalar bir-biri bilan jismoniy suratda
o'zaro ta'sir ko'rsatishmaydi, lekin bu bilan birga ular yagona rivojlanuvchi va
harakatlanuvchi olamni tashkil etadi va bu olam oliy monodaga (mutlaqqa,
Xudoga) bog'liq bo'lgan oldindan belgilangan uyg'unlik bilan tartibga solinadi.
Bilish nazariyasida Leybnits Lokkning materialistik sensualizmiga qarshi
chiqib, o'zining “Inson aqli to'g'risida yangi tajribalar”, degan asarida bilimning
yakkayu-yagona manbasini hissiyot emas, faqat aql tashkil etadi, deb da'vo qiladi.
Haqiqatga erishish uchun Leybnitsning fikricha, mantiq qoidalariga amal
qilinsa bas. Uning ilmiy merosida mantiqqa oid asarlar katta o'rin tutadi. U
matematika, geologiya, biologiya va boshqa fanlarning rivojiga katta hissa
qo'shgan.
Sub'ektiv idealizmning yirik vakili
Jorj Berkli (1685-1753 yy.) Lokkning
ikkilamchi sifatlar haqidagi ta'limotidan o'zining idealistik qarashlarini asoslashda
foydalanadi. U o'zining «Kishi bilishining asoslari haqida risola» asarida sub'ektni
birlamchi deb hisoblab, barcha narsalar ongining holatidan, sezgilar majmuidan
iborat deb ta'lim beradi. Berkli materiyani, ob'ektiv reallikni butunlay tan olmas
edi. U olamda “Men” va mening sezgilarimdan boshqa hech narsa yo'q, olamdagi
narsalar mening sezgilarimdagina mavjud, agar men sezmasam, ularning
mavjudligi haqida gap bo'lishi mumkin emas, deb hisoblaydi.
Berkli solipsizmdan qochishga, urinib, ruhiy substantsiyalarning ko'pligi
hamda “nihoyasiz ruhning”, xudoning mavjudligini e'tirof etadi.