Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   466
TATU Falsafa

128
 
sistemasining tabiiy rivojlanishi g'oyasini olg'a surgan. 
Uningcha, koinot eng avvalo materiyaning olovsimon, havosimon va 
tuproqsimon elementlarining qo'shilmasidan paydo bo'lgan. Sekin asta birinchi 
elementdan Quyosh, ikkinchisidan Havo va uchinchisidan — Yer va Quyosh 
sistemasining boshqa elementlari vujudga kelgan. 
Gollandiyalik 
Benedikt Spinoza
(1631-1677 yy.) o'z falsafasining mazmuni 
va qonun-qoidalarini geometrik aksioma va teoremalar shaklida bayon qilgan. 
Uning dunyoqarashida substantsiya haqidagi ta'limot asosiy o'rin egallaydi. 
Substantsiya, tabiat bitta bo'lib, u o'zining ajralmas xususiyatlari orqali namoyon 
bo'ladi. Substantsiya, moduslar (o'tkinchi narsalar)ga ega bo'lib, moduslar 
tabiatning, substantsiyaning holatini tavsiflaydigan, paydo bo'lib va yo'q bo'lib 
ketadigan narsalarning xossa va xususiyatlaridan iborat. 
Spinozaning fikricha, tabiat o'z-o'zining sababchisidir (sausasui) boshqa 
kuchga muhtoj emas. Olam abadiy bo'lib, hech narsaga bo'ysunmaydi. Dekartning 
«tug'ma g'oyalari»ni tanqid qilib, Spinoza substantsiya, tabiat bittadir, ikki 
substantsiyaning bo'lishi mumkin emas deydi. U substantsiyani tabiat yoki Xudo 
deb atadi. 
Spinoza falsafasi metafizik usulga asoslangan edi. Uningcha, substantsiya 
harakat qilmaydi va rivojlanmaydi. 
Spinoza materiya va ongning munosabatini tahlil qilar ekan, tafakkur butun 
materiyaning xususiyati, u materiyadan tashqarida unga bog'liq bo'lmagan holda 
yashashi mumkin emas deydi. Inson olamni faqatgina tafakkur orqali, aql orqali 
bilishi mumkin, deb hisoblaydi. Spinoza Dekart singari bilishda sezgilarning 
o'rniga yetarli baho bera olmaydi. Uningcha “Haqiqiy bilish”, o'rganish tafakkur 
orqali, aql orqali vujudga keladi. 
Spinoza barcha hodisalar tabiiy sabablarga ega, deb hisoblab, erkinlik — 
bilib olingan zaruriyat ekanligini birinchi bor aytgan edi. Uning fikricha, olamda 
tasodifiy narsalar yo'q, barcha narsa va hodisalar zaruriyatdan kelib chiqadi va 
rivojlanadi, boshqasiga aylanadi. 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin