17 o’qiymiz “Ra senga nur beradi. Shu senga havo beradi. Geb senga yashashing uchun
zarur bo’lgan har xil mahsulotlarni beradi. Osiris senga hayot kechirishing uchun
Nilni baxshida etadi”.
Miflarda inson va tabiat masalalari katta o’rin tutadi. Ularga ko’ra, inson tabiat
bilan munosabatda bo’lar ekan, u ayni paytda tabiatni sevadi ham, undan qo’rqadi
ham, tabiatni sevishning boisi shundaki, inson tabiat beshigidan chiqqan, undan
qo’rqishning sababi, inson tabiat sirlarini bilib olishga ojizdir.
Mifologik dunyoqarashda qarama-qarshiliklarning birligi va kurashi, boshqa
sivilizatsiyalar va ularda hayotning mavjudligi haqida fikr yuritiladi. Qadimgi
Xitoydagi mifologik afsonalarga muvofiq dunyo taraqqiyoti ikkita kosmik qarama-
qarshiliklarning In va Yan kurashlari bilan belgilanadi. In qorong’ulik, sovuqlik,
namlik, o’lim manbai, Yan esa yorug’lik, issiqlik, olov manbai. In ayollik, Yan
erkaklik ramzi. Ularning bir-biri bilan birlashishi tufayli koinot vujudga kelgan. In
va Yanning uyg’unligi koinot, davlat, oiladagi jismoniy va ruhiy muvozanatni
tashkil etadi.
Bularning hammasi mifologik dunyoqarashda falsafiy fikrlarning mavjudligi,
boshqacha qilib aytganda, mifologik dunyoqarash falsafiy dunyoqarashning
dastlabki shakli ekanligidan dalolat beradi. Arastuning fikricha, kimki afsonalarni
sevsa, u muayyan darajada faylasufdir, chunki afsonalar xayoliy fikrlash asosida
tashkil topadi.
Mifologik dunyoqarashning dastlabki ko’rinishlarida narsa va ularning joni,
ruhi, bir-biridan ajralmagan yaxlit holda aks ettirilsa, keyinchalik ular bir-biridan
ajratilib,
alohida
tasvirlanadigan
bo’ladi. Kishilarning olam haqidagi
tasavvurlarining tobora kengayib borishi voqeliqdagi narsa va hodisalar shuningdek,
ularning obrazlari (xudolari) barcha insonga xos bo’lgan hissiyot, kayfiyatlar bilan
bir qatorda aql-idrok va boshqa insoniy fazilatlarga mansub deb tasvirlanish odatga
aylanib qoladi.
Mifologik dunyoqarashning xususiyati shuki, unda fazo, tabiat va jamiyatdagi
barcha jonli va jonsiz narsalar va hodisalar biri ikkinchisiga ishtirokchi sifatida idrok