18 etiladi. Buning natijasida tabiat kuchlari jonlantiriladi, ularga insondagi xususiyatlar
tarqatiladi. Shuning uchun ham u xayolga keng maydon ochib beradi va bu maydonda
mifologik tarzda fikr qiluvchi kishi har qanday o’zgarishlar va jasoratlar
ko’rsatishi mumkin bo’ladi.
Mifologik dunyoqarashda tabiat va jamiyatning, olam va odamning, bir butun
borliqning umumiy birligi, ichki va tashqi aloqadorligi, inson ichki dunyosining
manzarasi o’zining dastlabki ifodasini topadi.
Mifologik dunyoqarashda badiiy dunyoqarashning kurtaklarini ko’rishimiz
mumkin, chunki, undagi voqealar badiiy obrazlar yordamida tasvirlangan.
Har bir xalqda o’zining o’tmishiga, boy tarixiga, an’analariga, madaniyatiga
xos rivoyat va afsonalar mavjud. Ularda shu xalqlarning dastlabki dunyoqarashlari,
ma’naviy dunyosi o’z aksini topgan. Bunga misol sifatida yunon afsonalari “Iliada”,
“Odisseya”, hindlarning “Ramayana”, karelo-finlarning “Kalevala”, Eron va O’rta
Osiyo xalqlarning “Avesto” kabilarini ko’rsatib o’tishimiz joizdir.
Mazkur afsonalarda dunyoning kelib chiqishi, uning taraqqiy etish
qonuniyatlari, fazo, tabiat, jamiyatdagi narsa va hodisalarning uyg’unligi, bir-biri
bilan bog’liqligi, ularning abadiyligi haqida so’z yuritiladi. Ularda olamning kelib
chiqishi tajribiy yo’l bilan noma’lum kuch tufayli yaratilgan degan g’oya olg’a
suriladi. Ayrim afsonalarda dunyoning o’tkinchi, u muayyan vaqtda yo’q bo’lib
ketishi va qaytadan tiklanishi bayon etiladi.
Shuningdek, barcha xalqlarning mifologiyasida jamiyat, inson, ularning kelib
chiqishi, qiyinchiliklar haqida hikoya qilinadi.
Afsonalarda yana bir asosiy mavzusi insonning ma’naviy yutuqlari, jasoratiga
bag’ishlangan bo’lib, olov-otashni qo’lga kiritishi, hunarmandchilik, dehqonchilik
ishlari tasvirlanadi. Odatda, afsonalarda o’tmish bilan hozirning hamda kelajakning
bog’lanishi haqida, ular o’rtasidagi uzviy aloqa qayd qilingan bo’ladi.
Afsonalarda ifodalangan voqealar kishilar tomonidan aniq voqea tarzida qabul
qilingan, chunki ibtidoiy jamoa kishilarining tushunchalariga ko’ra, ulardan oldingi
avlodlar tomonidan dunyoni his qilish va bilish jarayonida to’plangan tajribalar,