Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   466
TATU Falsafa

26
 
har qachongidan ham muhidir. 
Azaliy qadriyatlarimiz va axloqiy fazilatlarni o’zida mujassam etgan 
muqaddas dinimizni asrash va qadrlash har birimizning sharafli burchimizdir. Islom 
– haqiqatni anglash demakdir, u odamzotni ezgu amallarni bajarishga undaydi, har 
birimizni yaxshilik va tinchlikka chorlaydi, haqiqiy inson bo’lishni o’rgatadi”
1

1.5. Falsafiy dunyoqarash 
 
Diniy dunyoqarash falsafiy dunyoqarash bilan chambarchas bog’liqdir. 
Chunki, tabiat, jamiyat, dunyoni bilish, insoniyat istiqboli kabi masalalar dinning 
ham, falsafaning ham diqqat markazida turgan muammolar bo’lib hisoblanadi. 
Lekin bularning o’rtasida farq ham mavjud. Agar diniy dunyoqarash o’zining 
asosiy e’tiborini inson e’tiqodiga, insoniy tashvishlarga, inson va uning umidlariga 
qaratsa, falsafiy dunyoqarash esa dunyoni aql va bilim asosida tushuntiruvchi 
ma’naviy tomonlariga ko’proq e’tibor beradi. Bundan, falsafiy dunyoqarash mavhum 
qoidalardan iborat degan xulosa kelib chiqmaydi, albatta. Falsafiy dunyoqarash 
hayotiy muammolar bilan bevosita bog’liq bo’lgan, fan va texnika yutuqlariga 
asoslangan bilimlar turkumidan iborat. Bunday dunyoqarash o’zining mazmuni, 
mohiyatiga ko’ra aslida ilmiy-falsafiy dunyoqarashdir. 
Mifologik va diniy dunyoqarashlardan farqli ravishda, falsafiy dunyoqarash 
tabiiy qonuniyatlarni ilmiy asosda tushuntirib beradi. Falsafiy dunyoqarashga 
muvofiq butun organik va noorganik dunyo doimo o’sish, o’zgarish va 
rivojlanishdadir. Falsafiy dunyoqarash asosida kishilar mavjud olamdagi hamma narsa 
va hodisalar, jarayonlar o’zidan boshqa narsalar bilan ichki, zaruriy, muhim va asosiy 
aloqadorlikda, ta’sir va aks ta’sirida ekanligini chuqur anglab oladilar.
Falsafiy fikrlash mavjud dunyoning narsa va hodisalarini faqat o’zaro aloqada va 
bir-birini taqozo qilishdagina emas, balki doimo harakatda, o’zgarishda va 

1
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga 


ko’taramiz. 1-Jild. - T.: “O’zbekiston”, 2017.-29-30-betlar.





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin