Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   466
TATU Falsafa

27
 
rivojlanishda deb qarashni ham talab qiladi. Dunyoni inson ongida bir yaxlit, uzviy 
aloqadorlik va rivojlanish tarzida in’ikos etish falsafiy dunyoqarashning asosiy 
xususiyatlaridan birini tashkil etadi.
Falsafiy dunyoqarash narsa va hodisalarni inson ongida yaxlit aks ettirish 
bilan bir qatorda, u kishilarning tafakkurlash madaniyatini, ichki ma’naviy 
dunyosini shakllantiradi va boyitadi. Shuningdek, falsafiy dunyoqarash kishilarga 
xos bo’lgan rostgo’ylik, poklik, insonparvarlik va boshqa olijanob fazilatlarni, axloqiy 
me’yorlar, qadriyatlarni mujassamlashtiradi. 
Falsafiy dunyoqarash
asosida kishilar jamiyatining tabiat bilan uzviy birligi, 
inson va insoniyat taqdirlarining mushtarakligi, turli-tuman xalqlar madaniyatining 
xilma-xilligi va birligi haqida ishonch hosil qiladi. 
O’rta Osiyo mutafakkirlarining fikricha, barcha insonlarga xos bo’lgan 
olijanob fazilatlar eng avvalo faylasuflarda o’z aksini topmog’i lozim. Forobiyning 
fikricha, “faylasufning xulq-atvori, axloqi ham o’z kasbiga loyiq bo’lishi kerak. 
Shuningdek, o’z xalqining ra’yini va o’z xalqida bo’lgan eng yaxshi urf-odatlarni 
qattiq tutgan bo’lishi kerak. 
Faylasuf bo’lmoqchi bo’lgan odam o’z axloqi va xislatlari bilan a yt ilga n b u 
shartlarga javob bera olsa, shundan keyin u falsafa bilimini o’rganishga va uni 
boshqarishga kirishishi mumkin.
Falsafa tomonidan insonlarda hosil qilinadigan barcha axloqiy fazilatlar ularning o’z 
oldiga maqsad qilib qo’ygan intilishlarining ilmiy asosini tashkil etishi lozim. Inson o’z 
oldiga qo’ygan maqsadlarini, eng avvalo, axloqiy me’yorlaridan kelib chiqib 
baholashi kerak. 
Yirik nemis faylasufi I.Kant ta’kidlaganidek, insonning o’z faoliyatida 
axloqiy qadriyatlarni asosiy mezon qilib olishi, falsafaning qimmatini yanada 
oshiradi. 
Falsafiy dunyoqarash o’zining xilma-xilligi bilan ifodalanadi. Har bir davrda 
va turli mamlakatlarda u yoki bu muammo falsafaning markazida turadi. Falsafa o’z 
mavzusining xilma-xilligi bilan turli falsafiy g’oyalarning rivojlanishiga sabab 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin