Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   466
TATU Falsafa

30
 
Falsafiy dunyoqarash qotib qolgan aqida emas, balki doimiy ravishda 
o’zgarib, boyib va takomillashib boradigan dunyoqarashdir. Tabiatda, jamiyatda 
bo’ladigan o’zgarishlar tufayli, birinchi navbatda, tabiiy, texnik va ijtimoiy 
fanlardagi kashfiyotlar, ijtimoiy hayotda to’xtovsiz ravishda ro’y berib turadigan 
muhim o’zgarishlar natijasida kishilarning mavjud olam haqidagi ilmiy bilim va 
tasavvurlar, xususan falsafiy dunyoqarashlari oldingiga nisbatan ancha rivojlanadi, 
boyiydi va chuqurlashadi. Hozirgi zamon ilmiy-texnika inqilobi tufayli inson 
bilimlari doirasining behad kengayib, mazmuni chuqurlashib va murakkablashib 
borayotganligi bunga yaqqol misoldir. 
Falsafiy dunyoqarashning to’g’ri va ilmiyligini insoniyatning butun amaliy 
tajribasi, moddiy, ijtimoiy-siyosiy faoliyati ochiq-oydin ko’rsatib va isbotlab 
turibdi.
 
 
1.6. Falsafa va boshqa fanlar 
 
Falsafani o’rganish chog’ida asosiy e’tiborni ikki narsaga qaratish lozim.
 
Birinchidan, falsafa — bu eng avvalo fan. Barcha boshqa fanlar singari u ham 
o’zining predmetiga ega bo’lib, doimo rivojlanishdadir. Ikkinchidan, falsafa, ayni 
paytda mafkura hamdir, u mafkuraviy vazifalarni ham bajaradi. Shuni ochiq-oydin 
aytish kerakki, uzoq yillar davomida falsafaning mafkuraviy xususiyatiga birinchi 
darajali ahamiyat berildi-yu, ammo uning mustaqil fan ekanligiga unchalik e’tibor 
berilmadi. 
Bu esa, o’z navbatida, ayrim olimlar tomonidan falsafa fan emas, u mafkura 
degan fikrni olg’a surishga turtki bo’lmoqda. Lekin bunday xulosa qilishga hech 
qanday asos yo’q.
 
Falsafa fanga xos bo’lgan barcha xususiyatlarga ega. Ma’lumki, har bir 
fanning o’ziga xos ob’ekti va predmeti mavjuddir. Bu falsafa faniga ham daxldordir. 
Bizni qamrab olgan, cheksiz va doim rivojlanishda bo’lgan olamni, uning 
qonuniyatlarini bilish aniq fanlar bilan bir qatorda falsafaning ham vazifasini tashkil 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin