44
hamda dastlabki arifmetika va geometriya fanining paydo bo’lishiga olib kelgan,
vaqtni hisoblash zaruriyati taqvim paydo bo’lishiga sabab bo’lgan. Bu esa
odamlardan astronomiya sohasida ma’lum bilimlarni talab qilgan. Bobilliklar
Quyosh soatini, Quyosh ko’rsatkichini va kunning 12 bo’lakka bo’linishini azaldan
bilishgan. Antik davr ma’lumotlariga ko’ra, Bobilda matematika, arifmetika,
geometriya, astronomiya bilan bir qatorda tibbiyot, tarix va filologiya, musiqa,
tasviriy san’at, astrologiya ham sekin-asta kurtak ota boshlagan.
Qadimgi Sharq xalqlarining madaniyatlari singari Bobil xalqi madaniyati,
falsafasi, axloqi, urf-odatlari, dunyoqarashi ham asosan diniy g’oyalar bilan
sug’orilgan. Odamlarda diniy e’tiqod kuchli bo’lgan. Quyosh, Oy, yulduzlar xudo
hisoblangan, ibodatxonalarda ularga topinganlar. Xalqlarning, davlatlarning,
hukmdorlar va odamlarning kelgusidagi taqdirini yulduz va sayyoralarning
vaziyatiga qarab “oldindan aytib berish” qadimgi Mesopotamiya va Bobilda
astrologiya nomini olgan.
Bobilliklarning qadimgi madaniyati, diniy e’tiqodlari, falsafiy qarashlari,
adabiy asarlari, afsona va rivoyatlari nasldan-naslga o’tib SHarqdagi ko’pgina
xalqlarning madaniy ma’naviy taraqqiyotiga, ijtimoiy-falsafiy fikrlari rivojiga
o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatgan.
Misr madaniyati
jahon madaniyatining eng qadimgilaridan bo’lib
hisoblanadi. Qadimgi Misrda ilk madaniy yodgorliklar eramizdan to’rt ming yil
ilgari vujudga kelgan. Qadimgi Sharq madaniyatining boshqa namunalari singari
Misr madaniy yodgorliklarining ertak, rivoyat, gimn, duo, didaktik asarlar,
masal, epos, ishqiy lirika, xullas, xalq donishmandchiligining boshqa turlarida
ham o’sha davrdagi ijtimoiy muhit, iqtisodiy hayot, tabobat, urf-odatlar, tabiat
hodisalari, diniy, axloqiy, huquqiy, falsafiy qarashlar garchi yuzaki tarzda
bo’lsada, o’z ifodasini topgan.
Qadimgi Misr mifologiyasida hamma narsa suvdan paydo bo’lgan va
hamma narsada havo bor, deyiladi. Shuning uchun ham misrliklar suvni odamga
oziq-ovqat beruvchi dastlabki ulug’ ne’mat, deb bilganlar. Suv ularga butun
|