Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari


“Olamda bilimdan kuchli narsa yo’qdir. Bilim har



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   466
TATU Falsafa

“Olamda bilimdan kuchli narsa yo’qdir. Bilim har
qanday huzur-halovatdan ham, boshqa narsalardan
ham zo’rroqdir”. Aflotun 




43
 
Gilgemesh haqidagi Bobil afsonasida qadimgi kishilarning’ baxtli hayot va 
farovonlik, salomatlik va bardamlik, o’limni yengib, mangu hayot kechirishga 
intilishi, abadiy umr ato qiluvchi «obihayot», o’simlik va turli xil meva va 
ma’danlarni izlab topishi haqidagi orzu-niyatlari o’z ifodasini topgan. 
“Adapa
 
haqidagi doston”da esa, insoniyatning abadiy hayot to’g’risidagi 
fikrlari, abadiy yashashga bo’lgan intilishlari o’z ifodasini topgan. Unda «o’lgan va 
qayta tirilgan» xudolarga, jumladan, Bobil xudosi Marduqqa nisbat berilgan. 
Inson o’zini qurshab olgan tabiiy muhit bilan o’zaro aloqador. U shu muhit
koinot haqida o’ylaydi, fikr yuritadi, yer yuzidagi hodisa va jarayonlarni koinot bilan 
bog’lashga intiladi, samoviy “sir-asrorlar” haqida xayol suradi, faraz qiladi, har xil 
ertaklar, rivoyatlar, afsonalar to’qiydi. Bobilliklarning Etapa haqidagi afsonalari 
ana shu zaminda paydo bo’lgan. 
Etapa haqidagi afsona ham yuqorida aytib o’tilgan dostonlarda bo’lgani kabi 
odamlarning Quyosh bilan Oy va sayyoralar bilan qiziqqanligi, samoviy 
hodisalarning sir-asror sabablarini bilishga qiziqishlarini, Bobil xalqining tabiiy 
hodisalar mohiyatini, yilning fasllarga bo’linib, o’zgarib turishini, yil davomida 
tabiatda bo’ladigan o’zgarishlar boisi nimadan iborat ekanligini tushunib olishga bo’lgan 
intilishlarini, shuningdek, ularning din va axloqqa doir falsafiy qarashlarini ilgari 
surgan asardir. 
Qadimgi bobilliklarning yaxshilik bilan yomonlik, ezgulik bilan yovuzlik, 
boylik bilan qashshoqlik, hurlik bilan xo’rlikning bir-biriga tubdan zid, qarama-
qarshi va murosasizligi haqidagi falsafiy g’oyalar “Jafokash avliy haqida doston” 
va “Xo’jayinning qul bilan suhbati”
 
degan asarlarda o’z aksini topgan. 
Ishlab chiqarishning rivojlanishi o’rtaga qo’ygan talablar va inson amaliy 
faoliyati ehtiyojlari asosida Bobilda tabiat hodisalari mazmunini tushunib olish va 
ulardan turmushda foydalanish zaruriyati tobora kuchayib borgan. Mahsulot va mollarning 
miqdorini, og’irligini o’lchash, ishchi kuchlari sonini aniqlash, binolar hajmini 
belgilash, dalalarning yer sathini hisoblab chiqish zaruriyati eng qadimgi 
matematik hisoblarning paydo bo’lishiga va bu sohada tegishli bilimlar to’planishi 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin