Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   466
TATU Falsafa

51
 
qadimgi Sharq mamlakatlari va boshqa davlatlarda paydo bo’lgan va rivojlana 
boshlagan, dastlabki falsafiy bilim va tasavvurlarning ildizlari, boshlang’ich 
asoslari jahon xalqlari tarixi va madaniyatining uzoq o’tmishiga borib taqalishini 
ko’rsatib va isbotlab turibdi. 
 
2.2. Mintaqamizdagi dastlabki falsafiy fikrlar 
 
O’rta Osiyo jahonning ilm-fan, falsafa, din, adabiyot va san’ati qadimdan 
rivojlangan, tarixi nihoyatda boy mintaqalardan biridir. Ko’plab hujjatlar, muhim 
og’zaki va yozma manbalar, turli asori-atiqa obidalaridan ma’lum bo’lishicha, 
Dneprdan Oltoygacha bo’lgan, jumladan, O’rta Osiyoda skiflar, Kaspiy orti 
tekisligida massagetlar, ulardan sharqda esa saklar, so’g’dlar, baktriyaliklar, 
xorazmiylar, parkanaliklar yashaganlar. Ular bir necha ming yillar ilgari 
sug’orishga asoslangan dehqonchilik hamda chorvachilik, ovchilik-baliqchilik 
bilan shug’ullanganlar. 
Hozirgi tojik, o’zbek, turkman ajdodlarining sug’orma dehqonchilik 
madaniyati shu qadar rivoj topganki, hatto birgina Araks (hozirgi Amudaryo) 
havzalarida juda ko’plab sun’iy sug’orish inshooatlari qazilib, cho’l va sahrolarga 
suv chiqarilgan. Shu tariqa moddiy va ma’naviy qadriyatlar yaratilgan. 
Ajdodlarimiz yashagan hududlarda qadimdan xilma-xil madaniyat o’choqlari 
tarkib topgan va rivojlangan.
Miloddan avval III-ming yillikda mintaqamizning markaziy va shimoliy 
hududlarida qishloq xo’jaligi bilan birga hunarmandchilik, konchilik, mis va temir 
eritish, metallardan har xil harbiy va mehnat qurollari yasash, kemasozlik, 
tikuvchilik, binokorlik, zargarlik ham taraqqiy eta boshlagan. Sug’diyona, 
Baqtriya, Xorazm kabi davlatlar, Toshkent, Xiva, Marokand (Samarqand), 
Kiropol (hozirgi O’rtatepa) va boshqa shaharlar paydo bo’lgan. O’rta Osiyo 
xalklarining buyuk madaniy muvaffaqiyatlaridan biri yozuvning ixtiro qilganligi 
bo’ldi. Yozuvning ixtiro qilinishi, inson bilim doirasi va dunyoqarashining 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin