Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   466
TATU Falsafa

59
 
asarlardan foydalana olganliklaridir. 
Donishmand bobolarimizning ilmiy-falsafiy ta’limotlari umumbashariy 
ahamiyatga ega bo’lgan ta’limotlardir. Shu narsa e’tiborga sazovorki, Sharq 
mutafakkirlari o’z davri dolzarb hayotining markazida bo’ldilar, xalq va Vatan 
manfaatini himoya qildilar. Bu ularning haqiqiy barkamol inson, otashin 
vatanparvar, xalqparvar va buyuk alloma ekanliklarining belgisi va bosh 
sababidir. Ushbu buyuk zotlar, qomusiy aql egalari yashagan va ijod qilgan 
davrlardan boshlab Sharq, xususan O’rta Osiyoda, ilm-fan va madaniyat, falsafa 
yanada rivojlana boshladi. Bu rivojlanish, to’xtovsiz takomillashib borishi bir 
necha yuz yillarni o’z ichiga qamrab oldi. 
O’rta Osiyoning jahonga mashhur olimlaridan biri 
Muhammad ibn Muso al-
Xorazmiy
bo’lib, u taxminan 783 yilda Xorazmda tug’ilgan va IX asrning ikkinchi 
yarmida, aniqrog’i 850 yilda Bog’dodda vafot etgan. Xorazmiy ilmiy-ijodiy 
faoliyatining alohida davri arab halifaligining poytaxti Bog’dod shahri bilan 
uzviy bog’liqdir. Xorazmiy halifa Ma’mun rahnamoligida islom Sharqining 
Fanlar akademiyasi — «Baytul-hikma» («Donishmandlar uyi»)da ishladi. Bu ilm 
dargohida u ko’plab astronomik ko’zatishlar olib bordi, matematik va 
astronomlarning katta bir ilmiy jamoasiga ustozlik qildi hamda o’zining ko’pgina 
shoh asarlarini yozdi. Xorazmiyning Bag’dodda yashab ijod etgan zamondoshlari 
orasida Ahmad Farg’oniy, Ahmad ibn Abdulloh Marvaziy kabi allomalar, O’rta 
Osiyolik olimlar O’rta asr ilm-fan rivoji va ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyotiga 
katta hissa qo’shgan edilar. «Baytul - hikma»da xizmat qilgan ushbu yirik olimlar 
qadimda hisoblab chiqilgan yer aylanasi uzunligini tekshirish maqsadida yer 
meridiani bir gradusining uzunligini o’lchashgan. Barcha tadqiqotlarni o’tkazishda 
Xorazmiy bevosita ishtirok etgan. 
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning ko’p qirrali ilmiy qiziqishlari 
matematika, nazariy va amaliy astronomiya, geografiya, tarix va boshqa ko’plab 
fanlarga oiddir. Uning nomini tarixda abadiy qoldirgan asarlaridan biri - «Al-jabr 
val-muqobala»dir. Bu esa, G’arb va Sharq olimlariga algebra fani bo’yicha dasturi 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin