Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   466
TATU Falsafa

58
 
xalqlar orasida turli yo’llar bilan uni tarqata boshladilar. Arab bosqinchiligiga qarshi Abu 
Muslim, Muqanna, Hamza as Xorij, Rafi ibn Leylar boshchiligida qator xalq 
qo’zg’alonlari bo’lib o’tdi. IX asrning oxiriga kelib O’rta Osiyo mustaqillikka erishdi 
va bu yerda somoniylar hukmronligi shakllandi. So’ng bu hududda Xorazm-shoxlar, 
G’aznaviylar, Saljukiylar, Qoraxoniylar davlatlari faollik ko’rsatadi. Buxoro, 
Samarqand, Marv, Ko’xna Urganch, Xiva kabi shaharlar o’z davrining madaniyat 
markazlari sifatida dunyoga tanildi. 
IX-XV asrlarda Sharq mamlakatlari, birinchi navbatda, O’rta Osiyo 
xalqlarining madaniy-ma’naviy taraqqiyotida, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy, diniy, 
falsafiy ta’limotlar rivojlanishida keskin o’zgarish, tub burilish davri bo’ladi. Bu 
madaniy jonlanish va yuksalish jamiyat hayotining barcha sohalariga kirib bordi, 
ma’naviy hayotni qamrab oldi. Ijtimoiy taraqqiyotning ana shu davrlarda Markaziy 
Osiyo xalqlari dunyo madaniyati taraqqiyotining yirik va markaziy o’choqlaridan 
biriga aylanishi xuddi shu davrga to’g’ri keladi. 
Shu davrlarda O’rta Osiyo xalqlari safidan o’zining aql-idroki va tafakkuri, 
qomusiyligi insoniyatni lol qoldirgan fan va madaniyatning so’nmas yulduzlari, 
jahonga mashhur bo’lgan matematik, astronom, kimyoshunos, mineorolog va 
tibbiyotchilar, shoir, yozuvchi va san’atshunoslar, faylasuf va tarixchi olimlar
adabiyotchi va tilshunoslar, g’azal mulkining sultonlari, “muallimi soniy” va 
“Shayxur rais”lar saf-saf bo’lib yetishdilar. 
Buyuk tafakkur egalarining butun bir avlodi yetishib chiqqan, olam uzra 
dovrug’ taratgan, jahonni ilm, ma’rifat va ma’naviyat nuri bilan yoritgan davr, 
adolat talabiga ko’ra, Sharq tarixida oltin asr yoki uyg’onish
davri deb ataladi.
Uyg’onish davri mutafakkirlari ayni vaqtda ham faylasuf, musiqashunos, 
mantiqshunos, jamiyatshunos va tarixchi ham shoir, adabiyotchi, matematik, 
xullas, ilmning hamma sohasidan xabardorliklari, ijodning bir necha sohalarida 
o’zlarining ahamiyatli fikrlarini bildirishga muvaffaq bo’lganliklari bilan ajralib 
turadilar. Sharq ulug’ siymolarining kishini lol qoldiradigan jihatlaridan biri 
ularning bir necha tillarda bemalol so’zlashlari, o’sha tillardagi ilmiy manbalar





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin