Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   466
TATU Falsafa

56
 
Zardushtiylik dini va uning “Avesto” kitobida dunyoning moddiy asosi deb 
hisoblangan yer, tuproq, havo, muqaddaslashtiriladi. yer va havo shunday 
e’zozlanganki, havoni bo’g’ish, ifloslashtirish, hayvonlar o’ligi u yoqda tursin
odamlar jasadini ham yerga ko’mish, suvni oqizish, olovda yoqish gunohi azim 
hisoblangan. Marxumlar yerni, suvni, havoni zaharlab qo’ymasliklari uchun 
ularning jasadlarini maxsus sopol idishlarda ko’mish rasm bo’lgan.
Zardushtiylik diniga amal qilgan O’rta Osiyodagi qabilalar suvga va olovga 
sajda qilganlar, quyoshni ilohiy mavjudot darajasiga ko’targanlar. Xorazmda
Samarqandda olib borilgan arxeologik qazilmalar guvohlik berishicha O’rta Osiyo 
xalqlari Quyosh xudosi hisoblangan Mitraga, yer, suv, unumdorlik xudosi 
Anaxitaga sig’inganlar. 
“Avesto”da dexqonchilik bilan shug’ullanish o’n ming marotaba ibodat 
qilish va yuzlab jonivorlarni qurbonlikka keltirishdan afzal hisoblangan. Unda 
aytilishicha, ekin ekish - yerdagi yovuzliklarga barham berish demakdir. G’alla 
yerdan unib chiqqanda, - deyiladi “Avesto”da, - devlar larzaga keladi, g’alla o’rib 
olinayotganda devlar nola-faryod qiladi, g’alla yanchib un qilinayotganda, ular 
qocha boshlaydi, hamir qilinayotganda esa devlar mahv bo’ladi. G’allaning mo’l-
ko’l bo’lishi, go’yo devlarning labiga qizitilgan temir bosganday ularni 
tumtaraqay qiladi. 
Islomgacha O’rta Osiyoda buddizmning, hatto nasroniylik dinining ma’lum 
darajada tarqalganiga qaramay, diniy e’tiqod bobida zardushtiylik dini asosiy 
o’rin tutgan. Jahon dinlari keyingi 2-2,5 ming yil ichida qanchalik takomillashgan, 
ularning 
marosimlari, 
urf-odatlari 
nechog’li xilma-xillashgan, boyigan 
bo’lmasin, ular barchasi zardushtiylik dinining vorislari hisoblanadi. 
Avval qayd etganimizdek, “Avesto” va boshqa yozma yodgorliklar qadimgi 
O’rta Osiyo xalqlarining tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniyati, tili, 
qadriyatlari, falsafiy, axloqiy, diniy qarashlarini o’rganishda muhim manba bo’lib 
xizmat qiladi. Yozma yodgorliklar faqat o’tmishni tushunish uchungina emas, balki 
bizning bugungi kunimizning ma’naviy masalalarini hal etish, milliy istiqlol 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin