64
Forobiy qadimgi yunon mutafakkirlari va tabiatshunoslari yirik asarlarining
umumiy mazmuni va yo’nalishini ilmiy tahlil qilib maxsus asarlar yaratdi.
Arastuning «Metafizika», «Ritorika», «Poetika», «Kategoriyalar», «Analitika»,
«Etika» va boshqa ko’plab asarlarini izohlab bergan.
Forobiy O’rta asr falsafasi rivojiga katta hissa qo’shdi, birinchi bo’lib
o’z davridagi ilmlarni tasnif qildi, ya’ni turlarga bo’ldi. O’zining ona tili turk
tilidan tashqari fors, yunon, suriya, arab va boshqa tillarni mukammal bilgan.
Sharqning mashhur tarixchi olimi Ibn Hallikon (1211 - 1282 yy.) fikricha, til
bilishda hech kim Forobiy erishgan darajaga erisha olmagan. Uning so’zi bilan
aytsak, Forobiy yetmishdan ortiq til bilgan. Forobiy o’z bilimi, ma’rifati, fikr
doirasining kengligi, qomusiyligi, jahon fani taraqqiyotiga qo’shgan bebaho
hissasi bilan shu darajada katta shuhratga erishdiki, oqibatda uni hayotligidanoq,
Arastudan keyingi yirik mutafakkir, «Al-Muallim as-Soniy» — «Ikkinchi
muallim», «Sharq Arastusi» nomlari bilan ulug’langan.
Uyg’onish davrining mashhur faylasufi Forobiy xudoni «birinchi sabab»,
«birinchi mohiyat», deb izohlaydi. Forobiy barcha mavjudotni, olamni, birinchi
sabab — xudodan keltirib chiqaradi. Uning ta’kidlashicha, dunyoning moddiy
asosi tuproq, suv, havo, olov va osmondan iborat bo’lib, Forobiy ta’limoticha,
osmon jismlari ham, yerdagi jismlar ham ana shu unsurlarning birikuvidan
vujudga keladi. Forobiy, hamma narsaning umumiy jinsi olamdir, olamdan
tashqari hech nima yo’qdir, deydi.
Forobiy olamdagi har bir narsa materiya va shakldan iboratligiga, materiya
va shakl biri ikkinchisiga sabab bo’lishi mumkin emasligi, aksincha, har ikkalasi
o’zaro birlikda mavjudligi xususida ham o’z fikrini bayon etadi. Allomaning
uqtirishicha, harakat materiyaning ob’ektiv xususiyati, moddiy olamdagi ziddiyat
esa, harakatning manbaidir, olamdagi narsa va hodisalar to’xtovsiz harakat va
o’zgarishda. Harakat, o’sish-o’zgarishining sababi esa boshlang’ich moddiy
unsurlarning turlicha qo’shilishidadir.
Forobiyning bilish haqidagi fikrlari ham e’tiborga loyiq. Bilish masalasiga
|