Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   466
TATU Falsafa

60
 
amal bo’lib xizmat qiladi. «Algoritm» va «Algebra» degan atamalar al-Xorazmiy 
nomi bilan bog’liqdir. 
Allomaning algebra, arifmetika, matematika, geometriyaga oid asarlari asrlar 
davomida avlodlar qo’lida merosni taqsimlashda, vasiyatnomalar tuzishda, mol-
mulkni bo’lib olishda, sud ishlari, savdo-sotiq muammolarida, shuningdek, 
yerlarni o’lchashda, kanallar qazishda, bino qurishda katta xizmat qiladi. 
Xorazmiy aytib o’tilgan asarlaridan tashqari «Kitob surat al arz» («Er 
surati») degan risola ham yozadi. Asarda u Ptolemeyning «Geografiya» nomli 
kitobini butunlay qayta ishlab chiqdi, Sharq, mamlakatlari va xalqlari to’g’risida 
ko’pgina qimmatli ma’lumotlar berdi. Unda mamlakatlar, shaharlar, ularning 
nomlari ko’rsatilgan va bir necha izohlar berilgan, haritalar mavjud. Bu kitobda 
Orol dengizining tasviri ham berilgan. Asarda bundan tashqari 637 ta muhim 
joylar, 209 ta tog’ning geografik tafsiloti, dengizlar va okeanlar havzasining 
shakli, ularda joylashgan orollarning muhim koordinatalari bayon etilgan. 
Olimning bu kitobi Sharq mamlakatlarida geografiya fani rivojlanishiga katta hissa 
qo’shdi. 
«Astronomik jadvallar», «Quyosh soati to’g’risida risola», «Hind kitobi 
haqida risola», «Usturlab qurish haqida kitob», «Zij» («Astronomik jadval»), 
«Musiqa bo’yicha risola», «Tarix bo’yicha risola» va boshqa ko’plab nodir asarlar 
ham Muso Xorazmiy qalamiga mansubdir. Ana shu asarlar nomining o’zidayoq 
Xorazmiyning ilmiy tafakkuri benihoya kengligi, qomusiy alloma ekanligini
nafaqat o’z davrining, balki hamma zamonlarning eng buyuk matematik va 
tabiatshunos olimi ekanligini ko’rsatadi. 
“Muhammad Muso al-Xorazmiyning o’nlik sanoq sistemasini, - deb 
ta’kidlaydi, O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov, - algoritm va 
algebra tushunchalarini dunyoda birinchi bo’lib ilm-fan sohasiga joriy etgani va shu 
asosda aniq fanlar rivoji uchun o’z vaqtida mustahkam asos yaratgani umuminsoniy 
taraqqiyot rivojida qanday katta ahamiyatga ega bo’lganini barchamiz yaxshi 
bilamiz. Bugungi kunda odamzotning ilm-fan va zamonaviy texnologiyalar borasida 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin