57 mafkurasini ishlab chiqish uchun ham foydalidir.
Miloddan avvalgi I minginchi asr hamda eramizning I-II asrlarida moniylik
harakati va ta’limoti vujudga kelgan. Uning asoschisi
Moniy (216—217 yy.)
hisoblanadi. Moniylik zardushtiylik va xristianlikning sintezidir. Mazkur
ta’limotga ko’ra, borliqning ikkita substantsiya asosini — yorug’lik, yaxshilik, ruh
olami va zulmat tashkil qiladi. Moniylik ta’limoti hukmron ruhoniy zodagonlar
ta’limotidan farqli o’laroq, muhim ma’naviy qadriyatlar — boshlang’ich adolat,
erkinlik, mehnatga intilish kabilarni targ’ib qildi.
Ijtimoiy-falsafiy fikrlarning paydo bo’lishi, rivojlanishi va namoyon
bo’lishi xususida yuqorida qayd etib o’tilganlarning hammasi ayrim
tadqiqotchilarning falsafiy tafakkur Sharq xalqlarida bo’lgan emas, falsafiy ta’limot
ular uchun mutlaqo yot, falsafa to’la ma’nosi bilan G’arbda boshlangan, degan
da’volarining puch va tarixiy haqiqatga tamomila zid ekanligini ko’rsatib va
isbotlab turibdi.
2.3. O’rta Osiyoda O’rta asrlardagi falsafiy ta’limotlar. V—VI asrlarga kelib hukmron ruhoniylarga, zardushtiylikka qarshi
qaratilgan
Mazdak (770—529 yy.) boshlab bergan Mazdak ta’limoti shakllandi.
Eronda keng tarqalgan Mazdakiylik ta’limotiga binoan, olamda bo’ladigan jarayonlar
ongli va biror maqsadni ko’zlab harakat qiluvchi ezgulik, yorug’lik manbai bilan ko’r-
ko’rona va tasodifiy harakatlanuvchi qorong’ulik (joxillik) manbai o’rtasidagi kurashdan
iborat. Bu kurash «yaxshilik»ning ustidan muqarrar g’alabasi bilan tugallanadi.
Mazdakizm dehqonlar, ularning huquqlarini himoya etib, tenglik, adolat o’rnatishga
xizmat qildi.
Tarixdan ma’lumki, VI-VII asrlarda shimolda Turk xoqonligi vujudga kelib, u
Erondagi sosoniylar bilan uzoq, kurash olib bordi va O’rta Osiyo xalqlarini o’ziga
qaratdi. Bu yerda qadimgi turk tili tarqala boshladi. VIII asrga kelib mintaqamizni
arablar istilo qiladilar va ular o’zlari bilan Islom dinini olib keladilar va bosib olgan