Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   466
TATU Falsafa

54
 
qadar ajdodlarimiz turli xil diniy odatlarga e’tiqod qilib yashaganlar.
Diniy e’tiqodlarning turli-tumanligi ibtidoiy munosabatlar o’rnini sinfiy 
jamiyat, qadimgi quldorchilik jamiyati paydo bo’la boshlagan paytda barcha 
qabilalarning yagona mafkura asosida uyushishlariga allaqachonoq sharoit 
yetilgan edi. O’lkaning turli qabilalarini birlashtirish, ularni ilk buyuk 
davlatchilik g’oyasi atrofida uyushtirish zaruriyati tug’ilib qolgan edi. Ana 
shunday zaruriyatni tushunib yetgan ilg’or kishilardan biri sifatida Zardusht tarix 
sahnasida paydo bo’ldi.
Zardusht ko’p xudolik tasavvurlari, tabiat hodisalariga sig’inishga qarshi 
chiqib, yakka xudolik g’oyasini
targ’ib qildi. Zardushtiylik dinining qonun-
qoidalari “Avesto”da bayon etilgan. “Avesto” kitobi eramizdan bir necha asrlar 
ilgari yuzaga kelgan. Manbalarning ko’rsatishicha, “Avesto” o’n ikki ming 
oshlangan mol terisiga oltin harflar bilan bitilgan ekan. 
Abu Rayxon Beruniyning “O’tmish xalqlaridan qolgan yodgorliklar” 
asarida bu haqida shunday deyilgan: “Doro ibn Doro xazinasida o’n ikki ming 
qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni 
vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni hamda uni kuydirib yubordi. Shuning 
uchun “Avesto”ning beshdan uch qismi yo’q bo’lib ketdi. “Avesto” o’ttiz nask 
(qism) edi. Majusiylar qo’lida o’n ikki nask chamasi qoldi». 
“Avesto”da o’tmish ajdodlarimizning diniy tasavvurlari, koinot va yerdagi 
dunyoning yaratilishi bilan bog’liq, afsona va rivoyatlar, O’rta Osiyo, Eron va 
Ozorbayjonning tarixi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayoti, geografiyasi, tabiati, 
nabototi, ilm-fani o’z aksini topgan. Unda qadimgi Turon o’lkasining iqlimi, 
suvi, hayvonot dunyosi, yer tuzilishi, sahrolari, tog’lari haqidagi qimmatli 
ma’lumotlar berilgan. 
G’arazguylik, xasad, manmanlik, fitna-fasod “Avesto”da qattiq qoralansa, 
va’daga vafo qilish, ahdga sadoqat, samimiyat, xolislik, o’zaro izzat-ikrom kabi 
odamlar o’rtasidagi ustuvor bo’ladigan axloqiy qoidalar ulug’lanadi. “Avesto” 
dunyoni inson uchun sinov maydoni deb tushuntiradi. 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin