Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   466
TATU Falsafa

52
 
kengayishi va chuqurlasha borishiga xizmat qilgan. 
Avlodu ajdodlarimizning hayoti, urf-odatlari va an’analari, madaniyati, tili 
va tarixini badiiy-falsafiy jihatdan o’ziga xos tarzda aks ettiradigan og’zaki 
ijodiyoti nihoyatda boy va rang-barangdir. Miflar, afsonalar, qahramonlar 
to’g’risidagi dostonlar, to’y-sayillar, xalq, yig’inlari, bayramlar, safarlarda aytilgan 
qo’shiq va laparlar, lirik she’rlar, maqol va matallar, masal va topishmoqlar xalq 
og’zaki ijodiyoti madaniyatining uzoq tarixga ega bo’lgan sohalaridir. Ularning 
ijodkori - barcha moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratgan xalq ommasidir. 
O’rta Osiyo xalqlari og’zaki ijodiyotining eng qadimgi tur va janrlaridan biri 
— asotir-mifdir. Yaxshilik bilan yomonlik, nur bilan zulmat, baxt bilan baxtsizlik 
o’rtasidagi kurash va bu kurashda ezgulikning yovuzlik ustidan g’alaba qozonishi 
haqidagi g’oyalar
O’rta Osiyoda vujudga kelgan miflar uchun ham xosdir.
Qayd etilishicha, yaxshilik olamiga Axuramazda yomonlik olamiga esa 
Axriman boshchilik qiladi. Ezgulik miflarida Mitra kishilarga nur, issiqlik, baxt-
saodat baxsh etadigan, dushmanlarga dahshat soladigan, kishilarni ofatdan 
qutqaradigan Quyosh xudosi sifatida, Anaxita esa yer, suv va unum ma’budasi, 
qaxramonlarga kuch-quvvat va muvaffaqiyat baxsh etuvchi tarzda tasvirlanadi. 
Sharq xalqlaridagi yovuzlik, zulmat kuchlari miflarda ko’pincha dev, ajdar, jinlar 
qiyofasida tasvirlanadi. Bular ofat va zulmat, qabohat va razolat, o’lim va kulfat, 
baxtsizlik, xonavayronagarchilik, ochlik-qahatchilik timsolidir. 
O’rta Osiyoda bir necha asrlar osha yuzaga kelgan mif va afsonalar insoniyat 
ma’naviy madaniyati taraqqiyotiga, xususan, qaxramonlik haqidagi dostonlar 
paydo bo’lishiga zamin bo’lib xizmat qiladi. “To’maris”, “Shiroq”, “Zariadr va 
Odatida”, “Zarina va Striangiya”, “Uch og’a-ini botirlar”, “Manas”, “Qaxramon”, 
“Malikai Husnobod” kabi qissalar, “Alpomish”, “Qirqqiz”, “Go’ro’g’li”, 
“Avazxon”, “Chambil qamali”, “Oysuluv” singari dostonlarda ham milliy, ham 
umuminsoniy ahamiyatga ega bo’lgan falsafiy g’oyalar ilgari surilgan. 
Qahramonlik haqidagi dostonlar, ertaklar, rivoyat va afsonalarning falsafiy 
mohiyatini belgilaydigan, ularning asosiy negizini tashkil etadigan umumiy g’oya





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin