49 tufayli alohida ahamiyat va ilmiy qimmatga egadir.
Milodgacha VIII-VII asrlarda Hindistonda
Lokayati (faqat shu lokani tan
oluvchi kishilarning qarashlari) falsafiy ta’limoti shakllana boshlaydi. Bu ta’limot
asoschisi Brixaspati va uning izdoshlari yerdan boshqa tarzda kastning bo’lishi
mumkin emas, degan fikrni olg’a suradilar.
Charvaka nomi bilan ataladigan qadimiy Hind falsafiy oqimi tarafdorlari,
dunyoni, tabiat hodisalarini qanday bo’lsa shunday tushuntirmoq kerak, degan
talabni ilgari surgan edilar. Ular nuqtai nazaricha, butun olam olov, suv, havo,
tuproq yig’indisidan iborat, inson ham ana shu to’rt unsur birikmasidan tashkil
topgan.
Charvaklar dunyoni hech kim yaratgan emas, balki uning zaminida moddiy
elementlar birikishi yotadi, deb hisoblaydilar. Ular “o’tni kim issiq haroratli qildi,
suvni kim sovuq qildi?” — degan savol berib, “bularning hammasini shu
hodisalarning o’zidan qidirish kerak”, deb javob beradilar.
Xitoydagi dastlabki falsafiy ta’limotlarda dunyo abadiy va u besh unsur -
olov, suv, yer, daraxt va metalldan tashkil topgan, deb uqtiriladi.
Eramizdan oldingi VII-VI asrlarda Xitoyda “dao” qonuniga binoan harakat
qiluvchi “tsi” elementining mavjudligi haqida fikr yuritilgan. Xitoy mutafakkirlari
fikricha, tabiat hodisalari “tsi” moddiy zarralardan tarkib topib “dao” ob’ektiv
tabiiy qonuniyatga bo’ysunadi. Xitoyliklarning tabiat hodisalari qonuniyatli asosda
taraqqiy qiladi, degan tasavvurlari, dunyo moddiydir, degan ta’limotga bog’liqdir.
“Dao” haqidagi ta’limot falsafadagi qonun tushunchasini hosil qilishdagi dastlabki
urinishdir.
“Daosizm” so’zining o’zi “dao” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “yo’l”,
“taraqqiyot”, “dunyo negizi” degan ma’noni bildiradi. Daosizmning asoschisi
Lao-tszi bo’lib, u dunyo abadiy harakat va o’zgarishda bo’ladi, deb hisoblagan.
Masalan, Lao-tszi bu haqda bunday degan: “Ulug’ dao hamma yoqqa qarab oqadi.
U o’ngga ham so’lga ham yoyilgan. U tufayli jami mavjudot tug’iladi, bu
mavjudot hamisha o’zgarishda bo’lib bir joyda to’xtab qolmaydi”.