Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   466
TATU Falsafa

46
 
uchun qilgan urinishlari, har holda sodda bo’lsada, o’z davri uchun katta 
ahamiyatga egadir. 
Qadimgi Misrda falsafiy fikr kurtaklarining shakllanishi va rivojida tabiatshunoslik 
fanlarining paydo bo’lishi ham sabab bo’lgan. Bundan bir necha ming yillar ilgari 
qadimgi misrliklar falakkiyot sohasida ba’zi bir bilimlarga ega bo’lganlar. Osmondagi 
yulduzlarni doim kuzatish natijasida sayyoralarni yulduzlardan ajrata bilganlar va 
hatto, ular yulduzlar haritasini ham tuzganlar. 
Misrliklar o’zlarining falakkiyotga oid bilimlari asosida alohida taqvim 
tuzganlar. Taqvim yili 12 oyga bo’lingan, har bir oy 30 kundan iborat bo’lgan, yil 
oxiriga esa yana 5 ta bayram kuni qo’shilgan. Shunday qilib bir yil jami 365 kun 
bo’lgan. 
Kasalliklarni keltirib chiqargan, avj oldirib, kuchaytirib yuborgan sabablarini 
aniqlash, ularning oldini olish, inson salomatligini tiklash va mustahkamlashga bo’lgan 
zaruriyat qadimgi Misrda tibbiyot fanini yuzaga keltirdi. Qadimgi misrliklar 
kasalliklarning juda ko’p turlaridan, masalan, bosh og’rig’i, dizenteriya, sariq kasali, 
yo’tal, ziqnafas, qon ketish, bod, moxov, suvli temiratki va boshqa har xil 
kasalliklardan xabardor bo’lganlar. Misr tabiblari miyaga, umurtqa pog’onasiga va 
ko’krak qafasiga alohida e’tibor berganlar va ularni kasalliklar uyasi deb bilib, tabib 
bu yerdagi kasalliklarni topib yo’qotishi kerak, deb hisoblaganlar. Misrliklar 
diagnostika - tashhis sohasida katta tajriba to’plaganlar. 
Misrda jarrohlik va ko’z kasalliklarini davolash ancha rivojlangan. Ular 
insondagi ko’pgina kasalliklar yurak qon aylanish tizimining qandayligiga bog’liq 
ekanligini alohida ta’kidlashgan. Misrda tabiblikning siri yurak harakatini bilishdan 
boshlanadi, tomirlar butun a’zoyi badanga shundan tarqaladi, deb hisoblashgan. 
Bashariyat tarixida sivilizatsiya beshigi hisoblangan Hindiston ham o’zining 
juda qadimiy va boy tarixiga ega. Eramizdan uch ming yil avval bu yerda yerni sun’iy 
sug’orish taraqqiy etgan, anhorlar qazilgan, kulolchilik yog’ochsozlik, to’qimachilik, 
zargarlik rivojlangan, yog’och va metalldan jang aravalari yasashgan, pishiq g’ishtdan 
ko’p qavatli binolar qurishgan, yung va zig’ir tolasidan matolar tayyorlashgan, mis 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin