42
II-BOB: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI:
SHARQ FALSAFASI
2.1.Sharq xalqlarining ilk falsafiy fikrlari
Jahon madaniyatining tarkibiy qismi hisoblangan falsafa fani turli davr va
sharoitlarda
yashagan, yashab kelayotgan barcha xalqlarning, butun insoniyatning
ma’naviy boyligi, umumiy yutug’i, bashariyatning asrlar jarayonida shug’ullangan,
rivojlanib, sayqal topib kelgan aql-idrok va tafakkurlari mahsulidir.
Falsafa fani
rivojlanishiga dunyodagi barcha xalqlar kabi Sharq xalqlari ham o’zlarining
bebaho ulushlarini qo’shganlar.
Qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va madaniyati, ilk siyosiy, huquqiy, diniy,
badiiy, falsafiy qarash
va tasavvurlari, ularning mazmun va mohiyati haqida antik
zamon mualliflarining asarlarida,
arxeologik manbalarda, xalq og’zaki ijodiyoti, afsona,
miflar, dostonlar va rivoyatlarda aks etgan.
Dastlabki falsafiy tasavvurlar Sharqning Bobil (Vaviloniya)da eramizdan
avvalgi to’rtinchi ming yillik boshlarida paydo bo’lgan.
Bu davrda odamlarning
dunyoda ro’y berib turadigan xilma-xil hodisa va jarayonlariga bo’lgan
munosabatlari va qiziqishlarini garchi sodda, yuzaki, ibtidoiy shaklda bo’lsada,
o’zida aks ettirgan falsafiy qarashlari namoyon bo’la boshlagan.
Qadimgi Bobil adabiyotining ko’zga ko’ringan mashhur asarlaridan biri
“Gilgamesh haqidagi doston” bo’lib,
unda tuproq, suv, havo, issiqlik inson hayoti
va tiriklikning abadiy manbai ekanligi,
Gilgameshning obihayot qidirib, boshidan
kechirgan sarguzashtlari va chekkan azob-uqubatlari, odamlarning tabiiy qonunlar
asosida yashashi zarurligi, hayot va o’simlik sirlarini
bilishga azaldan intilib
kelganligi hikoya qilingan.
Dostları ilə paylaş: