33 hosil qilish, uning mohiyatini qonun va qonuniyatlarini chuqur bilish mumkin
bo’lmay qoladi. Shuning uchun ham aniq fanlar bilan falsafaning o’zaro aloqadorligiga
bo’lgan zaruriyat doim saqlanib va kuchayib boraveradi.
Falsafa — insoniyatning buyuk ma’naviy boyligidir. U avlod-ajdodlar
tomonidan yaratilgan madaniy, tarixiy merosning barcha durdonalaridan bekamu-
ko’st foydalanish, tabiiy, texnikaviy, ijtimoiy-gumanitar fanlar erishgan ulkan
muvaffaqiyatlarga suyanish asosida shakllanib va rivojlanib borish bilan birga, kishilarda
olam haqida bir butun, yaxlit dunyoqarash shakllanishida nazariy poydevor
vazifasini o’taydi. Shuning uchun barcha ijtimoiy tuzumlarda hokimiyat egalari,
ijtimoiy guruhlar, siyosiy partiyalar falsafa fanidan o’zlarining manfatlarini
ta’minlash maqsadida mafkuraviy qurol sifatida faol foydalanib kelganlar. Ayniqsa,
sho’rolar davrida 70 yildan ortiq vaqt mobaynida falsafa ma’muriy-buyruqbozlik
tizimining siyosati bilan chambarchas bog’liq holda, o’zining fan xususiyatini asta-
sekin yo’qotib, asosan siyosiylashgan mafkuraviy g’oyalar yig’indisiga aylanib
qolgan edi.
Falsafa fani turli-tuman oqimlarning, yo’nalishlarning, xilma-xil g’oyalarning
tizimlashtirilgan yig’indisidan iboratdir. Shuni e’tiborga olgan holda, siyosiy
tashkilotlar, partiyalar, o’zlarining maqsadlariga javob beradigan falsafiy fikr va
g’oyalarni nazariy qurol qilib oladilar.
Falsafa bilan siyosatning yana bir bog’liq tomoni bor. Falsafa fani sifatida
nisbiy mustaqillikka ega, chunki falsafiy muammolarning doirasi, ularning kelib
chiqishi, turli falsafiy maktablarda, yo’nalish va oqimlarda xilma-xil hal etilishi,
ilmiy va amaliy ahamiyati va shu kabi masalalar siyosatdan kelib chiqib emas, balki
bu fanning o’ziga xos bo’lgan qonuniyatlar asosida belgilanadi. Lekin siyosat
boshqa fanlar kabi falsafa fanining rivojlanishiga ham faol ta’sir etadi.
Falsafa fanining rivojlanishi uchun zarur bo’lgan mablag’, uning hajmi, ilmiy-
texnikaviy uskunalar, moddiy negiz, ishchilar soni va ularga beriladigan maosh
hajmi, ijtimoiy sharoitlar va shu kabi masalalarning hal bo’lishi, u yoki bu
jamiyatni boshqarib turuvchi hokimiyat, ijtimoiy partiyalarning siyosati bilan uzviy