47
va temirdan, qalay va qo’rg’oshindan qurol-aslahalar yasashgan.
Abu Rayhon Beruniyning “Hindiston” nomli asarida aytilishicha,
Hindistonda eramizning birinchi asrlaridayoq, tib, riyozat, ilmi nujum, din, kimyo,
musiqa, poeziya, tarix, san’at, falsafa kabi ilmlar rivojlangan.
Ayniqsa noyob tabiatga, saxiy zaminga, ajoyib hayvonot va tabobat olamiga
boy bo’lgan qadimiy Hindistonda falsafa, badiiy adabiyot o’tmish davrlaridan boshlab
vujudga kelgan va rivojlangan. “Ramayana”, “Mahobhorat”, “Kalila va Dimna” kabi
mashhur asarlar shular jumlasidandir.
Yuksak nafosat va mangu hikmat xazinasi bo’lgan ana shu asarlarda hind
xalqining urf-odatlari va an’analari, odob-axloqi va madaniyati, dini va tarixi, milliy
qadriyatlari, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, badiiy, falsafiy, diniy qarashlari o’zining
yorqin ifodasini topgan.
Hind madaniyati va falsafasining ana shu bebaho yodgorliklarining har birida aql-
idrok, insof-diyonat, halollik, poklik, mehnatsevarlik, milliy totuvlik, to’g’riso’zlilik,
va’daga vafo qilish to’g’risida, zulm va zo’ravonlikka, xiyonat va riyokorlikka,
nafsi buzuqlik va ochko’zlikka, fitnachilik va qalloblikka, xudbinlik va
munofiqlikka qarshi kurashish zarurligi haqida juda muhim va foydali falsafiy
g’oyalar, hikmatlar, rivoyatlar, maqol va naqllar bayon etilganki, ular shak-
shubhasiz, ham milliy, ham umuminsoniy ahamiyatga molikdir.
Hindistonning eramizdan oldingi birinchi ming yilliklaridagi dastlabki
falsafasini o’rganishda qadimgi hindlarning “Veda” deb ataladigan diniy to’plamlari
va ikkita katta epik dostoni — “Ramayana” va “Mahobhorat” hamda Abu Rayhon
Beruniyning “Hindiston” asari muhim ahamiyatga egadir.
Hindistonning “Veda” deb ataladigan muqaddas kitobining “ma’nosi
bilmagan narsani bilishdir. Hindlar “Veda” kitobini, oliy tangrining Barohim
og’zidan aytilgan so’zi, deydilar”
1
.
“Veda” kitobi Rigveda, Samaveda, Yajurveda va Atxarvaveda deb ataladigan
to’rt katta bo’limdan iborat. To’rt bo’limdan har birining o’ziga xos o’qish yo’li
1
Abu Rayxon Beruniy. Tanlangan asarlar. II-Jild.- T.:Fan, 1965.-106-bet.
|