45
tabiatning asosi bo’lib ko’ringan. Misrliklar, hayot suvdan boshlanadi deb bilib,
suvsiz hech qanday hayot bo’lmasligini ko’rib, suvni ulug’lovchi qanchadan-
qancha rivoyat va afsonalar to’qiganlar. Ular Nil daryosini ilohiylashtirganlar, uni
“odamlarga hayot baxsh etish uchun toshib turadigan Nil”, deb ulug’laganlar.
SHuning uchun misrliklar marhumlar ruhiga afsunlar o’qib, uning abadiy
yashashini ta’minlamoqchi bo’lganlarida xudoga quyidagicha nola qilganlar: “Sen
ulug’ xudoga — Ossiri sga marhamat aylaganingda unga Nil keladigan bo’ldi,
uning uchun yaylovlar paydo bo’ldi va papirus o’sadigan bo’ladi. Xuddi shu
singari unga — marhumga ham marhamat aylaginki, u sening suvingdan
bahramand bo’lsin, u sening oqar suvlaringdan icha olsin”
1
.
Misrliklar o’zlarining dunyoviy va diniy-falsafiy poeziyalarida odamlarni
bu dunyoning butun noz-ne’matlaridan to’la bahramand bo’lib yashashga,
quvonch, shodu-hurram hayot kechirishga, o’lim, oxirat haqida hadeb
o’ylayvermaslikka chaqirgan.
Misrliklarning ilk falsafiy tasavvurlari haqida birmuncha ma’lumot
beradigan qadimiy manbalardan biri - “Nasihatnoma”da bilimning xosiyati haqida,
bilimdon kishining qadr-qimmati to’g’risida aytib o’tilgan. “Agar sen bilimdon
odam bo’lsang, aytganing-aytgan, dega
n
ing-degan bo’ladi. Yozish-o’qishni
chuqur egallab, ko’nglingga mahkam jo qilib ol, ana shunda har bir aytgan gaping
hammaga manzur bo’ladi. Mirzoni qanday lavozimga qo’ymasin, u hamma vaqt
kitob bilan ish ko’radi”
2
.
Qadimgi misrliklarning xalq og’zaki ijodiyotida, ayniqsa, diniy-mifologik
asarlarida tabiat hodisalari va tabiat kuchlari ilohiylashtirilgan. O’simlik va
daraxtlarga topinish Misrda eng qadimgi davrlardayoq mavjud bo’lgan.
“Hayot osmoni daraxti” to’g’risidagi qadimgi afsonada o’simliklar ramzi
bo’lgan daraxt insonning yer yuzidagi hayoti uchun zarurdir, degan fikr ilgari
surilgan. Misrliklarning tabiatni, dunyoni uning o’ziga asoslanib turib tushuntirish
1
Avdiev V.I. Qadimgi Sharq tarixi. –T., 1964. -329-330-betlar.
2
Avdiev V.I. Qadimgi Sharq tarixi. –T., 1964.-367-bet.
|