Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   466
TATU Falsafa

53
 
— inson uchun jondan aziz hisoblangan muqaddas dargoh — Vatanning istiqloli, 
erki va mustaqilligi uchun ajnabiy dushmanlarga qarshi murosasiz kurashish 
jamiyat har bir a’zosining oliy insoniy burchi ekanligi haqidagi fikr-
mulohazalardir. O’rta Osiyo xalqlarining Eron ahmoniylari bosqiniga qarshi 
kurashini badiiy aks ettiruvchi To’maris va Shiroq to’g’risidagi rivoyatlar aytib 
o’tgan fikrimizga misol bo’ladi. 
To’maris haqidagi qissada massagetlar malikasi To’maris timsolida Eron 
bosqinchilariga qarshi kurashdagi mardligi, dovyurakligi, jasorati, donishmandligi, 
Vatanga sadoqati, dushmanlarga nisbatan ziyrak va xushyorligi chuqur bayon 
etilgan. Vatanini himoya qilish, erksevarlik, vatanparvarlik ajdodlarimizning qon-
qoniga singib ketganligi Shiroq to’g’risidagi tarixiy rivoyatda ham chuqur va har 
taraflama ochib berilganligini eslatib o’tish mumkin. 
O’rta Osiyoda yashagan avlod-ajdodlarimizning falsafiy fikrlari haqida 
qimmatli ma’lumotlarga ega bo’lishimizda “Avesto”, “Behistun”, “Bundaxishn”, 
“Denkard” singari yozma yodgorliklar muhim tarixiy hujjat sifatida alohida 
ahamiyatga ega. 
Ko’xna Xorazm zaminida bundan qariyb uch ming yil ilgari yaratilgan eng 
mo’’tabar, qadimgi nodir qo’lyozma — “Avesto” Amu va Sirdaryo oralig’ida 
yashagan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy, tarixiy, falsafiy, 
huquqiy merosidir”. “Avesto”' ayni zamonda bu qadim o’lkada buyuk davlat
buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo’lganidan guvohlik beruvchi tarixiy 
hujjatdirkim, uni hech kim inkor eta olmaydi”
1

“Avesto”
da aks etgan asosiy falsafiy g’oyalar, diniy e’tiqodning 
yetakchi tushunchalari tarixiy shaxs Zardusht (Zardust) nomi bilan bog’liq. Uning 
nomiga nisbatan din ham shunday nom bilan, ya’ni zardushtiylik deb ataladi. 
Zardusht, manbalarning ko’rsatishicha, taxminan miloddan avvalgi 570-yillarda 
tug’ilgan bo’lib, yetmish yetti yoshida ibodat qilayotgan chog’ida dushman 
xoinlaridan biri tomonidan orqasidan xanjar sanchib o’ldirilgan. Zardushtga 

1
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. - T.:“O’zbekiston”, 1998.-10-bet. 







Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin