32
Fan o’z qoidalarini asoslab berish imkoniyatiga ega. Bu falsafa faniga ham
tegishlidir. Ammo, agar aniq fanlar o’z qoidalarini kundalik amaliy tajriba yordamida
asoslab bersa, falsafa mantiq yo’li bilan asoslab beradi. Forobiy ta’kidlaganidek,
“odamlar falsafa yo’li bilan isbot etilgan mavjud narsa haqida to’la ishonch va
qanoatga ega bo’ladilar”
1
.
Har bir fan olamning aniq bir tomonini o’rganar ekan, demak, bu fanning
yolg’iz o’zi olam haqida bir butun ilmiy tasavvur hosil qilish uchun yetarli bo’la
olmaydi. Olam haqidagi yaxlit ilmiy tasavvurni tabiatshunoslik fanlarining barchasi
ham hosil qila olmaydi. Tabiatshunoslik fanlari tabiat va uning rivojlanish
qonunlarini o’rganadi. Olam haqidagi yagona ilmiy tasavvur esa, jamiyat va inson
tafakkuridagi bilimlarni ham o’z ichiga oladi. Demak, olam haqidagi eng umumiy
bilim barcha fanlar o’rganadigan muammolarni sistemalashtirish, bir-biriga
bog’lash va umumlashtirish natijasida hosil bo’ladi. Ana shu vazifani falsafa fani
bajaradi. Bu fan barcha fanlarning amaliy faoliyati jarayonida to’plangan dalillarni
bir tizimga solish, uni bilish va unga amaliy ta’sir qo’rsatish yo’llarini ochadi.
Falsafa — aniq fanlarning yutuqlariga befarq qaramaydi, balki eng yangi
kashfiyotlarni chuqur o’rganish, nazariy umumlashtirish zaminida o’sib, ijodiy
rivojlanib boradi. Shu ma’noda falsafaning ijodiy boyishi va rivojlanishi bu fanlarning
taraqqiyoti bilan bevosita bog’liq.
Falsafa tabiatshunoslik uchun voqelikni o’rganishda eng umumiy ilmiy usul
bo’lib xizmat qiladi, o’z navbatida, tabiat ilmi yutuqlari ham falsafaning qonun-
qoidalarini tasdiqlashda katta rol o’ynaydi.
Ko’rinib turganidek, falsafiy ta’limotga asoslanish aniq fanlar mohiyatini
bilishga, ularning kashfiyotlarini to’g’ri umumlashtirishga imkon beradi. Ilmiy
falsafiy nazariya bilan qurollangan olim boshqalarga nisbatan o’z fanining istiqbolini,
mohiyatini chuqurroq bila oladi. Agar har bir fan o’zicha rivojlana borsa, kashfiyotlar
bir-biri bilan bog’lanmasa va umumlashtirilmasa u vaqtda olam haqida yagona bilim
1
Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri.-T.:“Xalq merosi”, 1993.-189-bet.
|