62 ahamiyatga ega. U olamni inson sezgisi va bilimining manbai deb biladi. Uning
aytishicha, olamdagi narsa va hodisalar mohiyatini bilish nihoyatda murakkab,
ziddiyatli jarayondir. Lekin inson bu masalada ham bitmas-tuganmas
imkoniyatlarga egadir. Inson o’zining tirishqoqligi, mehnati va amaliy faoliyati,
Olloh ato etgan aql-idrok, qobiliyat va iste’dodi bilan, dunyoni asta-sekin bila
boradi, deydi Xorazmiy.
Xorazmiy hissiy va aqliy bilishning o’ziga xos xususiyatlarini, mohiyatini,
o’zaro aloqadorligini alohida ta’kidlaydi. Uning aytishicha, aqliy bilish hissiy
bilishsiz vujudga kelmaydi. Hissiy bilish borliqning tashqi tomonlari haqida
bilim berish manbaidir. Aqliy bilish yordamida esa inson narsa va hodisalarning
murakkab ichki tuzilishini, mohiyatini, qonuniyatini bilib oladi. Aqliy bilish
inson bilish rivojining yuqori bosqichidir. Bunda biz Xorazmiyning aqliy bilish
masalalariga alohida e’tibor berganligini ko’rib turibmiz. Bilishda inson aqli va
amaliyotining ahamiyatini ko’rsatganligi buyuk vatandoshimizning ajoyib
xizmatlaridan bo’lib hisoblanadi.
Muso al-Xorazmiy dunyoqarashida ijtimoiy-falsafiy masalalar, xususan,
jamiyat va uning istiqboli haqidagi fikr-mulohazalari alohida o’rin egallaydi.
Jamiyat taraqqiyotida ilm-fan va madaniyatning, odob-axloqning, islom dini,
shariat qonunlarining katta o’rin tutishi haqida alloma tomonidan bayon etilgan
fikrlar hozirgi davr uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Odamlarning aql-idroki,
imon-e’tiqodini mustahkamlash, ruhan poklash va kishilar o’rtasidagi insoniy
munosabatlarni mustahkamlashda fan va madaniyatning, diniy qadriyatlarning
muhimligi xususidagi fikrlari tahsinga sazovordir.
Buyuk vatandoshimiz Muhammad Muso Xorazmiyning nodir asarlari,
yaratgan ta’limoti, ijtimoiy-falsafiy qarashlari hozirgi avlod uchun bitmas-
tuganmas xazina, mustaqilligimiz uchun xizmat qiladigan bebaho ma’naviy
boylikdir. Jahon ilm ahlining 1983 yili Muhammad Muso Xorazmiyning 1200
yilligini zo’r tantana bilan nishonlaganligi buyuk vatandoshimizga ko’rsatilgan
cheksiz hurmat va ehtiromdir.