70
hodisalar, jarayonlar xususida muhim ilmiy-falsafiy g’oyalarni ilgari suradi.
Olamda bo’lib turadigan o’zgarishlar, ya’ni tuzilish va buzilishlarning, paydo
bo’lish va yo’qolishlarning o’ziga xos sabablari borligi haqida tabiiy-ilmiy va
falsafiy mulohazalarni maydonga tashlaydi. Tabiiy jarayonlarda bo’ladigan
imkoniyat va voqelik, mohiyat va hodisa, sabab va oqibat, shuningdek, irsiyat va
o’zgaruvchanlik masalalariga katta e’tibor beradi. Odamlarning rang, surat, fe’l-
atvori va axloqda turlicha bo’lishlarining asosiy sababi, olimning ta’kidlashicha,
faqat nasl-nasablarining turlichaligida emas, balki tabiiy-iqlimiy muhitlarning —
tuproq, suv, havo va joylarning turlichaligida hamdir.
Borliqning abadiyligi, uni doimiy ravishda o’zgarib turishi haqida ham
Beruniy o’z fikrini mukammal bayon etadi. «Qadimgi xalqlardan qolgan
yodgorliklar» asarida, “Olam azaliy... falak cheksiz bo’shliqqa joylashgan», —
deydi. Allomaning fikricha, yer, tabiat azaldan hozirgi holatida bo’lgan emas,
bundan keyin ham shunday holatda qolmaydi. Uzoq, yillar mobaynida, tadrijiy
o’zgarishlar tufayli yerimizning tashki qiyofasi, hayvonot dunyosi, nabototi, ob-
havosi, iqlimi bir necha bor o’zgardi, daryolarning oqish yo’llari, oldingidan
boshqacha bo’lib qoldi, quruqlikda bir vaqtlar bo’lmagan ko’llar, dengizlar hosil
bo’ldi, ba’zilari esa yo’q bo’lib ketdi, tog’lar yemirildi. Ana shu tabiiy sabablar
tufayli o’sha joylardagi sharoitlar o’zgarib ketdi.
Beruniy yerdagi iqlimning, mavsumlarning o’zgarib turishi Quyoshning
harakatiga bog’liq ekanligiga ham e’tibor bergan. «Astronomiya kaliti» asarida
Beruniy yerning aylanmasligi haqidagi eskicha tasavvurlarga shubha qilib, yer
aylanadi, uning harakati qonuniy ravishda va astronomik hodisalarga muvofiqdir,
deydi.
Mutafakkirning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida nur va
zamon, nurning tezligi, nur harakati va tovush harakati, nur va issiqlik, nur va
qorong’ulik, Oy nuri va Quyosh nuri singari masalalar ham bayon etilgan.
Beruniy materiya doimo o’zgarib, harakat qilib, yangilanib, turli shaklga
kirib turishi, moddiy narsalar va ularning harakati abadiy ekanligini alohida qayd
|