78
bosh masala — inson, xalq, Vatan, uning gullab-yashashi, istiqboli haqidagi
muammolardir. Navoiy inson va uning taqdiri, xalq va uning manfaatlari yo’lida
g’amxo’rlik qiladigan kishilarni ulug’laydi.
Alisher Navoiy insonni butun koinotning markaziy siymosi, butun
mavjudotning toji, deb biladi. Butun mavjudotning toji, oliy nuqtasi bo’lgan
insonni bezaydigan go’zal xislat va fazilatlar sifatida odob-axloqi, kamtar,
muruvvatli, rostguy, mehnatsevar, saxiy bo’lishini alohida ta’kidlaydi. Navoiy
mehnatsevarlikni tekinxo’rlikka qarshi qo’yadi, tekinxo’rlikdan nafratlanadi.
Alisher Navoiy bilishning mazmun va mohiyati, asosiy bosqichlari, o’ziga
xos xususiyatlari va murakkabliklari borasida ham o’zining fikrlarini bayon
etgan.
Navoiy inson o’zining beshta sezgi a’zolari orqali tashqi moddiy dunyo
bilan aloqa bog’laydi va u to’g’rida aniq ma’lumotga ega bo’ladi, ularni miyasida
tafakkur yordamida umumlashtiradi, qayta ishlaydi, so’ngra muayyan xulosa
chiqaradi, deydi.
Navoiyning asarlarida mazmun bilan shakl, ularning bir-biriga bo’lgan
munosabati haqida ham qimmatbaho fikrlar bayon etilgan. Uning fikriga ko’ra,
mazmun hech qachon shaklsiz bo’lmaydi. Shakl ma’no uchun xizmat qiladigan,
uning muvaffaqiyatini, taqdirini hal etishda yaqindan ishtirok etadigan bamisoli
libosdir. Navoiy shu tariqa mazmunni bir go’zalning tanasiga, shaklni esa kiygan
kiyimga, libosiga, unga beriladigan bezakka qiyoslaydi.
Alisher Navoiyning iqtisodiy omillar, mehnat va ishlab chiqarish, moddiy
boyliklarni yaratish, fan va madaniyat, ta’lim-tarbiya, ijtimoiy adolat, odob-
axloq haqida bayon etgan falsafiy fikrlari ham e’tiborga sazovordir.
O’z davrining murakkab va ziddiyatli ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim
o’rin tutgan yirik siymolardan biri
Zaxiriddin Muhammad Bobur
(1483-1530
yy.)dir. Bobur juda murakkab hayot, kurash va ijodiy faoliyat yo’lini bosib o’tdi.
Tarixiy sharoit tufayli o’z yurti Movarounnahrni tark etishga majbur bo’ldi. Bobur
va boburiylarning tarixiy harakatlari tufayli Afg’oniston va Hindistonning
|