79 siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotida katta o’zgarishlar ro’y berdi, ilm-fan,
adabiyot va san’at yuksaldi, ravnaq topdi.
Bobur har tomonlama keng va chuqur bilimga ega bo’lgan buyuk siymodir.
Buyuk mutafakkir bobomizning asarlari, lirik she’rlari va ruboiylarida inson
uchun Vatandan aziz, Vatandek muqaddas, Vatandek oliy ne’mat yo’qligi, odam
uchun neki muqaddas bo’lsa, barchasi Vatan bilan bog’liqligi aytib o’tiladi.
Boburni dunyoga tanitgan muhim asari «Boburnoma»dir. U qomusiy
asardir. Unda murakkab ijtimoiy-tarixiy voqealar bilan birga ilm-fan, madaniyat
va ma’naviyatning, xalq ommasi hayotining turli sohalariga taalluqli juda
qimmatli falsafiy fikr-mulohazalar, hayotiy tafsilotlar, ma’lumotlar berilgan.
IX-XV asrlarda islom ta’limoti rivojiga ulkan hissa qo’shgan Ismoil al-
Buxoriy, al-Marvaziy, ash-Shoshiy, as-Samarqandiy, Jamoliddin an-Nasafiy,
Imom at-Termiziy, Xo’ja Ahmad Yassaviy, Abdulholiq G’ijduvoniy, Bahouddin
Naqshband, Xo’ja Ahror Vali singari buyuk allomalar ijod etdilar.
Bular orasida Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810-870 yy.) yoshlik
davrlaridayoq aql-idrokli, o’tkir zehnli va kuchli xotiraga ega bo’lib, barcha ilohiy
va dunyoviy bilimlarni chuqur o’rganishga kirishganlar. U buyuk zot o’zlarining
asosiy e’tiborlarini hadis ilmini zo’r ishtiyoq va hafsala bilan o’rganishga
qaratadilar. Ismoil Buxoriy islom diniga oid yigirmadan ortiq asar yozganlar. Ul
zoti sharifning «Al-Jomi’ as-sahih» («Ishonarli to’plam») deb nomlangan to’rt
jilddan iborat hadislar to’plami Sharqda qariyb o’n ikki asr davomida Islom
ta’limotida Qur’oni Karimdan keyin asosiy manba sifatida yuqori baholanib
kelinmoqda.
Sharq ilk uyg’onish davrining Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib,
Mahmud Qashg’ariy singari zabardast mutafakkirlarining «Hibatul haqoyiq»,
«Qutadg’u bilig», «Devonu lug’otit turk» nomli mashhur adabiy-falsafiy
asarlarida dunyoning turlanib-tuslanib, bir ko’rinishdan ikkinchi ko’rinishga
o’tib turishi, yangining eskirishi, vaqti kelib inkor etilishi, tabiat kabi jamiyat
ham o’tmishdan kelajakka tomon yuksalib borishi singari falsafiy masalalar