Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   466
TATU Falsafa

82
 
umri boqiydir, deydi. Fanni ishlab chiqarish, hayot bilan bog’lab olib borish 
masalasiga ham Bedil katta e’tibor bergan edi. Amaliyot bilan, tajriba bilan 
bog’lab, olib borilmaydigan ilm-fan, faylasuf olimning fikricha, insonning qalbi, 
yuragiga yetib bormaydi. 
Bedil odamlarning olam sir-asrorlarini bilib olishda bilim hayotida 
ko’makdosh bo’lishini ta’kidlab, kimki, hayot shamin ilmga yoqdi, hayoti asrlar 
so’nmadi, degan edi. Uning so’zi bilan aytganda, ilm insoniyat gavharidir. 
Mirzo Bedilning ijtimoiy-siyosiy qarashlari ham muhim ahamiyat kasb 
etadi. Bedil ijodiyotida insonga hurmat va ehtirom bilan qarash, uning kelajagini 
o’ylash ustuvorlik qiladi. O’zining asarlari va she’rlarida halol yeb, halol 
yashashga, ta’magirlik qilmaslikka da’vat etadi. U odamlarga qarata, mehnat 
qilib ter to’kib, rahmat buluti bo’lib tuproqqa yoqqil, deydi. Ish qilmasdan 
mukofot istash, uningcha uyatdir. 
Bedil dangasalik, yolg’onchilik, kekkayish, ochko’zlik, makr va xiyonatni 
tanqid qilib, kamtarlik, saxiylik, mehnatsevarlik, odob-axloq, iymon-e’tiqodga 
yuksak darajada qaraydi. Bu haqida uning “yaxshilardan begona bo’lmayman, 
ajralmayman desang, yomon so’zlovchilar, g’iybatchilar bilan oshnolik qilma, 
o’zingga to’g’ri bo’lsang, oynaning orqasiga boqma”, - degan falsafiy-axloqiy 
fikrlari hozirgi davr uchun katta ahamiyatga ega. 
2.4. Tasavvuf falsafasi 
 
Tasavvuf X—XII asrlarda O’rta Osiyoda keng tarqalgan diniy, axloqiy, 
falsafiy ta’limotdir. Islom ta’limotida odamlarni xushyor bo’lishga, harom 
yo’llardan yurmaslikka, mehr-oqibatli, nomusli, oriyatli, iymon-e’tiqodli, odob-
axloqli, diyonatli, madaniyatli-ma’rifatli bo’lishga, hayotda yaxshi iz qoldirishga 
da’vat etadigan umumbashariy qoidalar, g’oyalar, o’gitlar behisob. Ana shu 
ta’limotlar o’ziga xos tarzda tasavvuf falsafasida ham o’z ifodasini topgan. 
Tasavvuf - insonning kamolotga yetish, ilohiy xislatlarga yaqinlashish 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin