Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   466
TATU Falsafa

90
 
bildilar. Ana shu niyatda ulardan biri o’zining o’tkir satirik asari bilan, boshqasi 
chuqur ma’noli she’rlari, g’azallari, o’ta ta’sirchan publitsistik maqolalari, falsafiy 
asarlari bilan yurt qayg’usi, xalqning dardu-hasratini imkoni boricha bayon etdilar. 
Kelajak orzu-umidlari yo’lida ijod qildilar. Yuksak saviyali ilmiy-falsafiy, badiiy, 
tarixiy asarlar yozdilar. 
Ma’rifatparvarlarning - xalqimiz asl farzandlarining asarlari, ilmiy-falsafiy, 
madaniy meroslari ular yashab ijod etgan murakkab davrning mazmunini, 
mohiyatini, murakkabliklari va ziddiyatlarini o’zida chuqur va tiniq aks ettirgan 
bamisoli tarixiy ko’zgudir. Ulardan bizlarga ilmiy, madaniy meros bo’lib 
kelayotgan, milliy ma’naviy boyligimizning tarkibiy qismi hisoblangan badiiy, 
falsafiy asarlar, hikoyalar, odob-axloq majmualari, ruboiylari, nazmiy va nasriy 
maktublar, dostonlar, xotirotlarni o’qib, mazmuni bilan tanishib, xalqimizning 
dardu hasratini, orzu-armonlarini, kechmish tarixini ko’ramiz. 
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda jadidlar harakati vujudga 
keldi. G’oyaviy-siyosiy jihatdan yetuk, kelajakni oldindan ko’radigan, el-yurt 
qayg’usi bilan yonib-kuyib yashaydigan, milliy istiqlol uchun kurashga hamisha 
shay turgan olimlar, adiblar, faylasuflar, fan va madaniyat arboblari ko’rina 
boshlaydilar. 
Xalqimizning zukko farzandlari Madmudxo’ja Behbudiy, Munavvar Qori, 
Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Cho’lpon, Usmon Nosir, Abdulla Qodiriy 
shular jumlasiga kiradilar. Ular xalqni ma’rifatli qilish, bilim saviyasini ko’tarish, 
fikr doirasini o’stirish, milliy istiqlolga erishishning zarur shartlaridan biri deb 
tushundilar va ana shu olijanob niyatlarini amalga oshirish uchun tinmay harakat 
qildilar. Turkistonning kelajak taqdiri to’g’risida, millatning istiqboli haqida 
tinmay qayg’urdilar, izlandilar, milliy istiqlolimizga zamin yaratdilar. 
«Mustaqillik poydevoriga xalqimizning boshiga tushgan og’ir kunlarda 
qatag’onga uchrab, gunohsiz qurbon bo’lgan minglab zabardast, unutilmas 
farzandlari tamal toshini qo’yganlar. Shuning uchun ham mustabidlik zamonida 
xalqimiz xotirasidan ataylab o’chirilgan mu’tabar insonlarning nomlari birin-





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin