92 xalqni jaholat va nodonlik, erksizlik va qashshoqlik botqog’idan qutqarib
olishning birdan-bir yo’li ilm-ma’rifatli bo’lishdir, degan xulosaga keldi. Xalq
hozirda hukm surib turgan bid’at, xurofotdan halos bo’lsa, kelajakka umid ko’zi
bilan qarab, ilm-fan eshiklarini ochsa, yaxshilik tomon yuz tutsa, bolalarini
Ovro’pa dorilfununlariga yuborsa, ulardan advokat va hunarmand, savdogar va
muhandislar chiqsa — naqadar oliy va go’zal ish bo’lur edi, deb ko’nglidan
o’tkazardi. Behbudiy fikricha, xalqdan mablag’ yig’ib o’qishga, ilmga rag’batli
bo’lgan, ammo ota-onasining qurbi yetmaydigan Turkiston yoshlarini chet el
dorilfununlariga yuborib o’qitib, millatning rivoji va istiqboli uchun zarur bo’lgan
muhandis va muallimlarga, Ovro’pa bozorlarida savdo-sotiq qiladigan, xorijliklar
tilini biladigan zamonaviy ilmiy xodimlarga ega bo’lish kerak. Allomaning
yuqoridagi fikrlari o’z ahamiyatini hozirgi davrda to’laligicha saqlab turibdi.
Xalq ommasini ilm-ma’rifatli qilishning millatimiz va Turkiston istiqboli
uchun qanchalik muhim ahamiyat kasb etishi Behbudiyning 1911 yilda yozilgan
«Padarkush» drammasida har tomonlama ko’rsatilgan. Behbudiy tomonidan
ta’kidlanganidek, o’qimoq-o’rganmoq, bilimli - ma’rifatli bo’lmoq barcha
musulmonlarga, erkak yo xotin bo’lsin farzdir.
Mahmudxo’ja Behbudiy haloyiqni diniy va axloqiy jihatdai tarbiyalashda
islomiy ilmlarning ahamiyati xususida o’zining fikr-mulohazalarini bayon etgandan
so’ng dunyoviy ilmlarning muhim va zarurligini ham alohida uqtiradi. Behbudiy
«Padarkush» asarida chor mustamlakachilik siyosati tufayli mahalliy aholi va
ayniqsa, yoshlar o’rtasida ichkilikbozlik, maishiy buzuqlik, qimorbozlik, o’g’rilik,
poraxo’rlik, tovlamachilik, bezorilik singari mutlaqo zararli rasm va odatlar
tarqala boshlaganligini, natijada odamlar o’rtasida mehr-oqibat so’na boshlab,
aka bilan uka, ota bilan bola bir-biriga yov-dushman bo’la boshlaganini,
padarkushlar ko’payib borayotganligini qahr-g’azab va nafrat bilan tasvirlaydi.
Behbudiy o’zining 1914 yili yozgan «Ikki emas, to’rt til kerak» maqolasida
Turkiston xalqlarining turkiy, forsiy, arabiy va rusiy tillarni o’rganishga targ’ib
etish uchun tarixiy manbalarga murojaat etib, Muhammad payg’ambarimiz ham