Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   466
TATU Falsafa

88
 
umumxalqqa rahnamo bo’lgan. Uni sinovlarga bardosh berishga, yopyg’ kunlarga 
intilib yashashga da’vat qilgan, ishontirgan. Bunday da’vat o’z navbatida 
odamlarga kuch-quvvat bag’ishlagan, irodasini mustahkam qilgan, bir-biriga 
mehru oqibatini oshirgan». 
«Ma’lumki, insonparvarlik g’oyalari bilan oziqlangan Xoja Ahmad 
Yassaviy, Xoja Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro kabi zotlar asos 
solgan muqaddas g’oya va tariqatlarning Vatani ham Turkiston zaminidir»
1

Sharq mutafakkirlarining, islom va tasavvuf falsafasi allomalarining, buyuk 
muhandislarining asrlar davomida odamlarni eng ulug’ maqsadlar yo’lida 
birlashishga, hamjihat bo’lishga chaqirgan g’oya
va o’gitlari mustaqil O’zbekiston 
Respublikasi taraqqiyoti uchun ijobiy ta’sir etmoqda. 
 
2.5. XVII-XX asrlarda O’zbekiston hududidagi ijtimoiy - falsafiy fikrlar 
 
Ilm-fan, aql-zakovat va ilmiy tafakkur, madaniyat va ma’naviyat, 
ma’rifatning qadr-qimmati jamiyat taraqqiyoti, xalq va millat kamoloti, Vatan 
istiqboli uchun muhim ahamiyat kasb etishini targ’ib-tashviq etish O’rta 
Osiyoning barcha mutafakkirlari falsafiy ta’limotlarida azal-azaldan yetakchi o’rin 
tutib kelgan. 
O’rta Osiyoning buyuk mutafakkirlari tomonidan ilgari surilgan ma’rifat 
haqidagi ajoyib g’oya va ta’limotlar XVII-XIX asrlarda adiblar, tarixchilar, 
faylasuflar, ziyolilar tomonidan o’ziga xos tarzda ijodiy rivojlantirildi, yangicha 
ma’no va mazmun bilan boyitildi. 
Turdi Farg’oniy, Boborahim Mashrab, Mujrim Obid, Shermuhammad 
Munis, Muhammad Sharif Gulxaniy, Muhammad Rizo Ogahiy va boshqalar o’sha 
murakkab tarixiy davrning el-yurt nazariga tushgan fan arboblari, atoqli shoir va 
yozuvchi-olimlaridir. 

1
Karimov I.A.Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir.3-Jild.–T.:“O’zbekiston”, 1995.-40-41-betlar. 







Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin