Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   466
TATU Falsafa

84
 
yaxshilik yo’lida jondan kechishga tayyor, fidoiy qalb egasi bo’lishga, do’stlarga 
naf yetkazish, do’stlarni dushman zararidan himoya etishga da’vat etadi. 
Ularning muhim talablari qatoriga yolg’on, bo’hton va behuda so’zlardan tilni 
tiyish, nojo’ya, nomaqbul so’zlardan, g’iybatdan quloqni berkitish, ko’rish nojoiz 
hisoblangan narsalardan ko’zni yumish, harom narsalardan qo’lni tortish ham 
kiradi. Man etilgan joylarga borish, haqorat va gunohga sabab bo’ladigan ishlarni 
qilish, harom ovqatlarni yeyish, zinoga yo’l qo’yish, oqibatini o’ylamasdan ish 
tutish, boshqalardan o’zini ustun deb hisoblash, kamtarlikni unutib, manmanlik 
yo’liga kirib ketish tasavvuf singari futuvvatda ham qoralanadi. 
Xalq va beva-bechoralarga shafqat, muruvvat ko’rsatish, kishilar gunohidan 
kechish, qanchalik katta, ulug’ ish qilgan bo’lishiga qaramasdan hech qachon 
g’ururlanib ketmaslik ular har ikkalasining asosiy g’oyalaridan bo’lib hisoblanadi. 
Iymon-e’tiqod, aql, ilm, parxez, muruvvat, shafqat, shijoat, xayr-ehson, vafo, sabr-
toqat, nafsni tiyish, oliyhimmatlik, sirni berkitish, rahmdillik, ota-ona hurmatini 
bajo keltirish, ustoz xizmatida bo’lish, hamsoya haqini ado etish va boshqa 
shunga o’xshashlar tasavvuf va futuvvat falsafasining shartlari jumlasiga kiradi. 
Tasavvuf va futuvvatning aytib o’tilgan ustunlari va shartlaridan tashqari 
man etadigan, ta’qiqlaydigan narsalari ham bor. Bular yaxshilarning orqasidan 
gapirish, birovlarni mazah qilish, gap tashish, ko’p kulish, va’daga xilof ish 
qilish, hasad qilish, zulm o’tkazish, aldash, odamlardan ayb qidirish, betga 
choparlik, yolg’on qasam ichish, ta’magarlik, xiyonat qilish, noto’g’ri guvohlik 
berishdan iboratdir. 
Ma’lumki, tasavvufda Olloh rahmatiga yetishning, inson ma’naviy 
kamolot yo’lining to’rt bosqichi mavjudligi tasdiq etiladi. Bular shariat, tariqat, 
shuningdek, ma’rifat va haqiqatdan iborat. 
Shariat — diniy qonun-qoidalar va marosimlarni, Qur’oni Karim va hadisi 
sharifdagi axloqiy, ilohiy ko’rsatmalarni puxta o’zlashtirish, aynan, izchil suratda 
bajarish, xudoga ibodat qilishdir. Shariat xudoni idrok bilan tanishni ko’zda tutadi. 
Shariat talablari, qoidalarini bajarmasdan tariqatga o’tish mumkin emas. Tariqat - 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin