Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   466
TATU Falsafa

83
 
yo’lidir. Tasavvufning boshlanishi - ilm, o’rtasi - ish, oxiri - Ollohning berganidir. 
O’lkamizda tasavvufning paydo bo’lishi va yoyilishi juda ham uzoqdan 
boshlanadi. «Hujjatul islom» («Islomning hujjati») laqabini olgan musulmon 
kalom falsafasining yirik namoyondalaridan biri 
Muhammad G’azzoliy
(1058-
1112 yy.) o’z asarlarida tasavvufni targ’ib qilgan. Imom G’azzoliyning asarlari, 
mana to’qqiz asrdirki, qo’ldan tushmay, qayta-qayta o’qilmoqda. Uning diniy-
falsafiy g’oyalari Sharq mamlakatlarida, jumladan, O’rta Osiyoda g’oyat katta 
ta’sir ko’rsatadi.
 
Olimlarning aytishlaricha, tasavvuf oqimi Movarounnahrda XII asrning 
yirik olimlaridan biri Yusuf Hamadoniy maktabidan boshlangan. U Buxoro va 
Samarqandni dushman hujumidan himoya qilishda qatnashgan. Uning 
maktabidan turli tariqatlar paydo bo’lgan. Yusuf Hamadoniy o’z izdoshlarini 
mehnatga, kasb-hunar egallashga undagan. Uning ta’limoti kishining har bir 
nafasida ong, aql-idrok bo’lmog’i, bosgan har bir qadamida diqqat-e’tibor 
sezmog’i, o’z Vatani ishqi bilan band bo’lmog’i, ya’ni uni bilmog’i, xalq bilan 
aloqada bo’lib, birga hayot kechirmog’i kerak, degan g’oyadan iboratdir. 
Tasavvuf falsafasining negizida insonning ruhiy, ma’naviy, axloqiy 
kamolotiga yordam beruvchi g’oyalar ustunlik qiladi. Bu bejiz emas, albatta. 
Chunki insonning ruhini tarbiyalash, parvarish etish orqali uni go’zal xulq-atvorli, 
fazilatli qilib yetishtirish mumkin. 
Tasavvuf futuvvat bilan uzviy bog’liq. Futuvvat tasavvuf tariqatning bir 
bo’lagidir. Chunki, futuvvat asoslari bilan tasavvuf, tariqat g’oyalari o’zaro 
muvofiq, hamohangdir. 
Tasavvuf singari futuvvat ham Husayn Voiz Koshifiyning «Futuvvatnomai 
sultoniy yoxud javonmardlik tariqati» asarida aytilishicha, inson axloqini 
poklash, mehru - shafqat, himmat va mardlik ko’rsatishni, bor narsani hech 
kimdan qizg’anmaslikni, qalbni kibru - havo gina-qudrat, qasd - g’azabdan pokiza 
tutishni, hamma vaqt xalq xizmatida bo’lishni, barchaga muruvvat ko’rsatish va 
evaziga hech narsa talab qilmaslikni targ’ib etadi. Tasavvuf ham, futuvvat ham 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin