Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   466
TATU Falsafa

91
 
ketin tiklanyapti. Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Cho’lpon, Abdurauf Fitrat va 
Usmon Nosir kabi Vatanimiz, millatimiz ozodligi yo’lida shahid ketgan o’nlab 
siymolarning ma’naviy meroslari bugun xalqimiz bisotiga qaytmoqda»
1

Mahmudxo’ja Behbudiy
(1875-1919 yy.) asrimizning birinchi choragida 
Turkistonning eng mashhur kishilaridan edi. 
Behbudiy Turkistondagi jadidlar harakatining yirik namoyondasi, uning 
nazariy asoschilaridan biri, taniqli yozuvchi, jurnalist va jamoat arbobidir. 
Behbudiy o’z davrining buyuk donishmandidir. Ilm-fan va madaniyatning 
hamma sohalari, ayniqsa, Sharq falsafasi va Yevropa adabiyotidan chuqur bilim 
va ma’lumotga ega bo’lgan. «Siyosiy, ijtimoiy faoliyati va bilimining kengligi 
jihatidan Turkistonning o’sha vaqtlardagi jadidlaridan unga teng kela oladigan 
kishi bo’lmasa kerak»
2
, — deb yozgan edi F.Xo’jaev. 
Umuman olganda, Behbudiyning Turkistonda yangi usuldagi maktablarni 
tashkil etishdagi va jadidchilik g’oyalarini matbuot orqali targ’ib qilishdagi 
xizmatlari g’oyat
katta. 
Behbudiy 1903-1904 yillarda o’zbek va tojik tillarida «Qisqacha umumiy 
geografiya» asarini, yangi usuldagi maktablar uchun darslik va qo’lllanmalarni 
yozdi. «Behbudiy» nomli nashriyotni tashkil etib, unda o’zbek tilida darsliklar 
bosib chiqardi. Samarqandda mahalliy aholi uchun qiroatxona ochishga boshchilik 
qildi. 
Behbudiy 1913 yilning aprelida «Samarqand» gazetasini, o’sha yilning 
avgust oyidan boshlab esa «Oyna» gazetasini chiqarishga kirishdi. 
Mahalliy xalq vakillaridan birinchi bo’lib harita tuzgan, o’z uyida 
kutubxona ochgan, tarixga, islom huquqiga oid asarlar, o’quv kitoblari yozgan ham 
Behbudiydir. Behbudiy Turkistonni chor mustamlakachiligi zulmidan qutqarish 
g’oyasini o’z asarlarida ilgari surdi. Xalqni milliy istiqlol uchun kurashga 
chorladi. Millat taraqqiyoti va istiqboli, Turkistonning kelajagi haqida o’ylar ekan, 

1
Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura.-T.:“O’zbekiston”,1993. -


85-bet. 
2
Fayzulla Xo’jaev. Tanlangan asarlar.I-Jild.- T.:“Fan”,1976.-84-bet. 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin