94
Navoiy singari buyuk mutafakkirlar asarlari, ilmiy-falsafiy meroslarini katta
qiziqish bilan o’rganadi. Yevropa ilm-fani, madaniyati, adabiyoti va san’atiga
bo’lgan qiziqish unda ayniqsa kuchli bo’lgan. Ham sharqona, ham Yevropacha
puxta va har tomonlama bilim va ma’lumot olgan Abdulhamid o’n olti - o’n yetti
yoshlaridanoq ilg’or fikrli ziyoli bo’lib yetishadi
1
.
Abdulhamid Cho’lpon mashhur tarixchi, yetuk faylasuf, sharqshunos
olim, adabiyot, san’at va madaniyat ilmining buyuk donishmandi sifatida
roman va dramatik asarlar, qator risolalar, esdalik va xotiralar, adabiy va
tanqidiy san’atga oid ilmiy-nazariy maqolalar, ko’plab hikoyalar, ikki yuzga yaqin
she’rlar, bir qancha tarjimalarning muallifidir. Uning «Kecha va kunduz»
nomli romani, «Yorqinoy» deb atalmish dramatik asari, «Adabiyot nadur?»,
«Mirzo Ulug’bek», «Tilimizning ishlanishi» nomli maqolalari, «Sharq nuri»,
«Sharq qizi», «O’zbegim», «Turkistonli qardoshlarimizga», «Odam va qush»,
«Xalq», «Buzilgan o’lkaga», «Qilich va qon», «Kishan», «Erkinlik istagi», «Yana
o’t» nomli she’rlari ijtimoiy-falsafiy fanlarimiz taraqqiyoti uchun ham muhim
ahamiyatta egadir.
Milliy uyg’onish, milliy mustaqillik, erkinlik g’oyalari, tabiiyki,
Cho’lpon ijodida katta o’rin egalladi. Cho’lpon o’z asarlarida millatni ravnaq
toptirish, mustamlaka asoratidan halos etish uchun xalq o’z-o’zini tanigan, o’zaro
birlashgan, milliy hamjihatlikka erishgan, milliy iftixor tuyg’usiga ega bo’lgan,
o’z yurtining otashin vatanparvariga aylangan bo’lmog’i lozim va zarur, degan
falsafiy g’oyani dadillik bilan ilgari suradi. Uning buyukligi, o’z xalqi va
Vatanining fidoyi farzandi ekanligi ham ana shundandir.
Cho’lpon Turkistonning taqdiri, millatining istiqboli haqida chuqur
qayg’urdi, elim deb yashadi, Vatanini Ka’ba sanab, unga toabad sajda qildi,
erkinlik, hurriyat, mustaqillik yo’lida jonini fido etdi.
Cho’lpon — o’z xalqi kuch-qudrati va imkoniyatiga astoydil ishongan,
1
Qarang: Sharofiddinov O. Cho’lpon.- T.:“Cho’lpon”,1991.-7-8 betlar.
|