Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   466
TATU Falsafa

95
 
xalqining buyuk aql-idroki va tafakkuriga ixlos bilan qaragan, mustamlakachilik 
kishanlarini yo’q qiladigan, Vatan mustaqilligini ta’minlab milliy istiqlol va 
istiqbol yo’lini ochadigan hal qiluvchi kuch xalq ommasi ekanligiga butun vujudi 
ila ishonch bilan qaragan ajoyib insondir. Uning buyuk xalqparvar adib, yetuk 
faylasuf-olimligi, eng avvalo, «Xalq» deb atalgan faylasufona she’rida yaqqol 
ko’rinadi. Cho’lpon xalqqa buyuk e’tiqod bilan sig’inadi, xalqqa astoydil 
ishonadi. «Xalq dengizdir, xalq olovdir, xalq kuchdir», deb ta’riflaydi. Agar xalq 
qo’zg’alsa, g’alaba oyoqqa tursa uni to’xtatib qoladigan, xalq istagini yo’q 
etadigan quvvat dunyoda topilmaydi, deb ko’rsatadi. 
Erkinlik, hurriyat har bir insonning, ayniqsa, o’z erkidan mahrum etilgan
bo’yniga mustamlakachilik kishanlari kiydirilgan xalq uchun buyuk orzu-
armondir. Cho’lpon she’riyatida odamlarning qo’l va oyoqlaridagi, yurak va 
tillaridagi kishan zanjirlarini parchalab tashlash, hur yashash, mustaqillikda hayot 
kechirish haqidagi falsafiy g’oyalar yetakchi o’rin tutadi. 
Abdulhamid Cho’lpon tomonidan qayta-qayta ta’kidlanganidek, erkin bo’lib 
yashash inson uchun hamma narsadan aziz va mo’tabardir, lekin inson erkinlikka 
osonlik bilan erisha olmaydi, erkinlik qurbonsiz, katta va qonli kurashlarsiz 
bo’lmasligini ham o’z asarlarida bayon etadi. 
Turkiston xalqlarining sevimli adibi, faylasufi, ozodlik va istiqlol kuychisi 
hisoblangan Abdulhamid Cho’lpon nazmiy va nasriy merosida jahon fotixlari 
changalida ezilib yotgan Sharq o’lkalari mavzusi yetakchi o’rin tutadi. Cho’lpon 
Sharq va sharqliklar taqdirida o’zini va o’zligini ko’radi. «Sharq nuri» she’rida 
dunyo tarixini yozgan muarrixlar yo’qsul Sharq tarixini aqalli bir bet bo’lsada 
yozmadilar, uni nazar-pisand qilmadilar deb qattiq o’ksinadi. Sharq haqida gap 
ketganda faqatgina «yo’qlik, ko’lim, zulm, qarg’ish eslanadi», deb afsuslanadi. 
Ta’kidlanganidek, bir zamonlar yer yuzida ulug’ madaniyat va ma’naviyatni 
yaratgan ul go’zal Sharq keyinchalik chet ellik bosqinchilar iskanjasiga tushib 
qoladi. Alloma adib faxr-iftixor bilan «kun ham Sharqdan, Oy ham Sharqdan 
chiqadir» deb yozadi. 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin