98
Shuni ta’kidlash kerakki, mafkuraviy tazyiq va cheklab qo’yishlariga
qaramay, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, uning qator institutlari,
bo’limlari tashkil etildi, ko’plab universitet va institutlarda esa falsafa kafedralari
ochildi. Ijtimoiy-falsafiy tafakkurni rivojlantirish, ilmiy qadrlarni o’stirish,
respublikamizda ijtimoiy fanlarni yanada taraqqiy ettirishga katta e’tibor
berilmoqda. Respublikamizda falsafa fanini rivojlantirish, yoshlarning falsafiy
bilimlari, falsafiy tafakkurlash madaniyatlari va dunyoqarashlarini o’stirishda
olimlarimiz tomonidan yaratilgan darsliklar, o’quv qo’llanmalar, ilmiy-uslubiy
asarlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Respublika faylasuf olimlarining dialektika va bilish nazariyasi, tabiat
fanlarining falsafiy masalalari, madaniyat, ma’naviyat va qadriyat, madaniy meros
muammolari bo’yicha olib borilgan chuqur ilmiy tadqiqot asarlari e’tiborga
sazovordir.
Respublikamizda ijtimoiy falsafa va sotsiologiya, axloq, nafosat,
tabiatshunoslikning fan tarixi va tarixshunoslikning falsafiy muammolari,
madaniyat, milliy munosabatlar, urf-odatlar, axloqiy tarbiyaga doir va boshqa
sohalarda ham katta ishlar amalga oshirildi.
O’rta Osiyo, Sharq va xususan O’zbekiston xalqlarining tabiiy-ilmiy,
ijtimoiy, falsafiy fikrlari tarixi va ma’naviyati merosi bo’yicha ham ibratli ishlar
qilindi.
O’zbekiston faylasuflarining uzoq yillar davomida olib borgan samarali
mehnatlari natijasi sifatida Forobiy, ibn Sino, Muhammad G’azzoliy, Bahouddin
Naqshband, Mahmud az-Zamaxshariy, Beruniy, Mahmud Qoshg’ariy, Yusuf Xos
Xojib, Ulug’bek, Navoiy, Bedil, Najmiddin Kubro kabi mutafakkirlarning
dunyoqarashi, ijtimoiy-falsafiy, diniy-axloqiy ta’limotlari, Ahmad Donish,
Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Behbudiy singari mashhur olim va adiblarning tabiiy-
ilmiy, falsafiy fikrlari tadqiqoti bo’yicha ajoyib qo’llanmalar, risolalar yaratildi.
Respublikamiz faylasuflari O’rta Osiyo va Sharq xalqlarining o’tmishda
yaratgan boy ilmiy-falsafiy, diniy-axloqiy merosini va madaniy-ma’naviy
|