114 jarayon, deb e'tirof etishidadir. Mazkur abadiy va eng umumiy qonuniyatni u logos
deb tasvirlaydi. Geraklitning logos haqidagi fikri Xitoy falsafasidagi Dao
g'oyasining yangicha tavsifi desak haqiqatga xilof bo'lmaydi.
Geraklit falsafasining yana bir muhim tomoni voqelikdagi narsa va
hodisalarga dialektika nuqtai nazaridan yondashuvidadir. Uning fikricha, narsa va
hodisalar doimiy o'zgarishda, o'zaro aloqadorlikda, bog'liqlikda, bir-biriga o'tib
turadi. Olamda o'zgarmaydigan, doimiy bo'lgan biron-bir narsani topish mumkin
emas. “Oqib turgan daryoning suvi doim yangilanib turadi, shuning uchun bir
daryoning suvi o'ziga ikki marotaba tushishi mumkin emas”.
Narsa va hodisalarning doimiy o'zgarib, rivojlanib turishining manbai
qarama-qarshiliklarning birligi va ularning o'zaro kurashidadir. Geraklitning
fikricha, qarama-qarshiliklar o'zaro o'rin almashib turadi, hamma narsa mavjuddir
va ayni zamonda mavjud emasdir, chunki hamma narsa oqib turadi, hamma narsa
doimo o'zgarib turadi, hamma narsa doimo paydo bo'lish va yo'qolish
jarayonidadir. Sovuqlik isiydi, issiqlik soviydi, namlik quriydi, quruqlik namlanadi
va h.k. Shuning uchun har bir mavjud narsaga ma'lum tomondan yondashish zarur.
Dengizning suvi toza ham, iflos ham, baliqlarga u toza va foydali, odamlarga esa u
iflos va zararli.
Geraklit ong (jon, ruh) bilan materiya (tana) bir-biri bilan chambarchas
bog'langan deb hisoblab, uni olovning ko'rinishidan biri degan edi. Anglash tufayli
inson dunyoni bilishga qodir. Bilish hissiy organlardan boshlanib tafakkur bilan
yakunlanadi. Hissiy organlarning yordamida biz narsa va hodisalarni bir-biridan
ajratib turadigan tomonlarini bilamiz, ularning mohiyati va taraqqiyot
qonuniyatlarini bilishga tafakkur orqali erishamiz.
Milet va Efes mutafakkirlarining mazkur fikrlari falsafaning keyingi
rivojlanishiga katta ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Samos orolining vakili
Pifagor ning
(mil.avv. 580-500 yy.) fikricha, butun olam raqamlarning uyg'unligidan va o'zaro
munosabatlaridan iborat. U raqamlarga jon bag'ishlab, turli xossalar, adolat, aql,
idrok, muvaffaqiyat va hokazolar raqamlarga tegishli deb hisoblangan. Sonlar