Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   466
TATU Falsafa

122
 
tomonidan yaratilganligi, ruhning birlamchiligi va moddiy hodisalarning 
ikkilamchiligi haqidagi diniy aqidalarga putur yetkazishga olib kelar edi. 
XIII asrda italiyalik xudojo'y faylasuf 
Foma Akvinskiy
(1225-1274 yy.) 
realizmning mo'tadil namoyondasi sifatida maydonga chiqdi va Xudoning 
birlamchiligi, ruhning o'lmasligi kabi g'oyalarni targ'ib qiluvchi tomizm falsafasiga 
asos soldi. 
XIX asrning 70-yillarida Foma Akvinskiyning bu falsafiy ta'limoti katolik 
cherkovning rasmiy nazariyasi deb e'lon qilindi, uni bilish har bir dindor uchun 
majburiy bo'lib qoldi. 
XV asr oxiri va XVI asr boshlarida G'arbiy Yevropa mamlakatlarida 
feodalizm yemirlib, kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari shakllana boshladi. 
Yangi geografik yo'llarning ochilishi ishlab chiqarishni yanada rivojlantirdi, 
hunarmandchilikdan manufakturaga o'tishni ta'minladi, bu esa mashina 
texnikasining rivojlanishiga olib keldi. 
Ma'naviy hayotda bu davr tabiatni o'rganishning kuchayishi, cherkov, din 
ta'siriga qarshi kurashning avj olishi, falsafa va boshqa gumanitar fanlarning 
ravnaqi bilan tavsiflanadi. Bu davrni odatda Renessans — Uyg'onish davri deb 
ataydilar. Uyg'onish davridan boshlab fan g'oyat tez sur'atlar bilan rivojlana 
boshladi. Yer va osmon jismlari mexanikasi, shu bilan birga unga xizmat qiluvchi 
matematik usullarni kashf etish va takomillashtirish sohasida buyuk ishlar qilindi. 
Analitik geometriya, logarifmlar, differentsial va integral hisob joriy qilindi. 
Sayyoralarning harakat qonuni ochildi. Suyuq va gazsimon jismlar mexanikasi 
«Uyg'onish davri» oxirida to'la ishlab chiqildi. Shuningdek, bu davrda 
materializmning yangi ko'rinishi, falsafaning sxolastikaga zid yo'nalishi shakllana 
boshlagan, tabiatning eksperimental matematik tadqiqot usullari vujudga kelgan 
edi. 
Polyak astronomi 

Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin