Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   466
TATU Falsafa

120
 
ilmining rivojlanishi jarayonlari Rimda kuzatila boshladi. 
Rimdagi ilg'or faylasuflardan 
Lukretsiy Kar
(mil.avv.95-55 yy.) Demokrit 
va Epikurning atomistik nazariyasini qo'llab-quvvatladi va ko'p jihatdan uni 
to'ldirdi. 
Lukretsiyning fikricha, hamma narsa abadiy mavjud bo'lgan materiyadan 
paydo bo'ladi. Materiya bo'shliqda harakat qiluvchi atomlardir. U bir holatdan 
ikkinchi holatga o'tib turadi. Lukretsiy materiyaning saqlanish qonuni haqida faraz 
qilgan edi. Materiyaning miqdori o'zgarmaydi, u hamma vaqt bir xildir. Hech 
nimadan hech nima paydo bo'la olmaydi. 
Lukretsiy ong va sezgini moddiy hisoblab, jon mayda harakatchan 
atomlardan iborat, jon tashqi ta'sirni qabul qilib, kishi tanasiga ta'sir o'tkazadi, jon 
bilan tana doim birgadir deydi. Jon, ruh kishi tanasi bilan birga o'lib, yo'q bo'lib 
ketadi. U Aflotunning «o'lmas jon» haqidagi ta'limotini rad etadi.
Lukretsiy diniy g'oyalarning asosini tabiat qonuniyatlarini bilmaganlikda deb 
hisoblab, tabiat abadiy, o'z qonuniyatlari bilan rivojlanadi. Xudo haqidagi gaplar 
uydirmadan bo'lak narsa emas degan edi. 
Lukretsiy ta'limotiga zid keluvchi g'oyalarni tanqid qilib 
Plotin
(mil.avv. 
270-204 yy.) Rimda o'zining falsafiy maktabini yaratadi. Plotin butun borliqning 
asosi va manbai deb yagona ilohiy kuch — Xudoni hisoblaydi, qolgan narsalar shu 
ilohiy kuchning birin-ketin oqishining (emanatsiyasining) natijasidir. Plotinning 
fikricha, Quyosh o'zidan nur chiqargani kabi ilohiy kuch (Xudo) ham o'zidan 
koinotning butun borlig'ini chiqarib yuboradi, bunga ruh ham, materiya ham kiradi. 
Inson jon va tana birligidan iborat. Inson hayotining oliy maqsadi — o'z jonining 
ilohiy kuch (Xudo) bilan qo'shilishiga erishuvidir. Kishi bunga ekstaz holatida 
erishadi, bu holatda kishining joni, ruhi hissiy dunyodan va tanadan halos bo'ladi. 
Qadimgi yunon faylasuflarining xilma-xil fikrlari G'arbiy Yevropa va Sharq 
mamlakatlarining ma'naviy hayotiga o'z ta'sirini o'tkazgan. Masalan, Arastu 
falsafasi Forobiy uchun katta ma'naviy ozuqa, neoplatonizm islom dinidagi 
tasavvuf (so'fiylik) uchun manbalardan biri bo'lgan. 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin