Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   466
TATU Falsafa

119
 
Arastu shaklning aktivligi haqidagi qarashni davom ettirib, hamma 
shakllarning shakli – xudoning, dunyoviy ruhning, “dastlabki turtkining” ijodiy 
rolini ta'kidlaydi. Bu masalada u Platonga yaqin edi.
 
Bilish nazariyasida Arastu Demokritning tarafdori edi. Uningcha, moddiy 
dunyo bilishning, sezgilarning, tajribaning asosidir. Sezgilar bizga ayrim aniq 
narsalar haqida ma'lumot bersa, aqlimiz umumlashtirilgan ma'lumotlar berishga 
qodir degan edi.
 
Arastu mantiq fanining barcha muhim masalalarini ishlab chiqdi. U mantiq 
bilish uchun zarur bo'lgan tafakkur shakllari va isbotlash to'g'risidagi fandir, deb 
yozgandi. Fikrlar bog'liqligi Arastu nuqtai nazaricha, mavjud ob'ektiv olam 
hodisalari bog'lanishlarining in'ikosidir.
 
Arastu kategoriyalar, tushunchalar, mulohaza va xulosalar to'g'risidagi 
ta'limotlarni kashf etdi, falsafa tarizida birinchi bo'lib kategoriyalar tizimini ishlab 
chiqdi. Shu bilan birga, u kategoriyalarning bir-biri bilan aloqlarligi, bir-biriga 
o'tishini isbotlab berdi. 
Arastu qadimgi yunon faylasuflari orasidagi eng yetuk olim sifatida siyosat, 
davlat, jamiyat hayotiga oid masalalarni o'rganib chiqdi. 
Qadimgi Yunonistonning mashhur faylasufi Epikur (mil.avv. 341-270 yy.) 
Demokritning atomistik nazariyasini rivojlantirdi. Demokrit atomlarning asosan 
shakl va miqdor jihatdan farqini ta'kidlagan bo'lsa, Epikur esa ularning hajmi va 
og'irligi jihatidan farqini ko'rsatadi. Epikur fikricha, atomlar doimo bo'shliqda 
harakat qiladi, harakat esa mangudir. 
Atomlar og'irlikka ega bo'lgani sababli hamma vaqt pastga qarab to'g'ri 
harakat qiladi. Bundan tashqari ular o'zaro to'qnashuv oqibatida to'g'ri yo'ldan 
chekinib, yon tomonga ham harakat qilishi mumkin. 
Epikur olam cheksiz, son-sanoqsiz dunyolardan iborat bo'lib, ularning 
ba'zilari biz yashayotgan dunyoga o'xshaydi. U dinning ashaddiy dushmani bo'lib, 
Xudo haqidagi turli fikrlarni qoralagan. 
Qadimgi Yunoniston o'z siyosiy mustaqilligini qo'ldan bergach, falsafa 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin