118
O'z navbatida Aflotunning g'oya haqidagi ta'limoti
qadimgi dunyoning eng
buyuk mutafakkiri
Arastu
(mil.avv.384-322 yy.) tomonidan tanqid ostiga olinadi.
Uning ko'rsatishicha, moddiy olam abadiy va ob'ektiv xususiyatga ega bo'lib, u
hech qanday «g'oya»larga muhtoj emas. Tabiat moddiy asosga ega bo'lgan narsa va
hodisalar yig'indisidan iborat, u har doim harakat va o'zgarishdadir.
Arastu ham
Demokrit singari moddiy dunyoni, tabiatni bilishning predmeti va sezgilarimizning
ob'ektiv manbai, kishi ongidan tashqaridagi moddiy olam sezgilarni vujudga
keltiradi, deb ta'kidlaydi.
Arastu o'z asarlarida hamma narsaning asosida materiya yotadi, deb moddiy
dunyoning ob'ektiv mavjudligini e'tirof etadi. Narsalar materiya va shakldan paydo
bo'ladi. Har bir narsa shakllangan materiyadir va shakl borliqning mohiyatidir.
Materiyaning o'zida rivojlanishning
faqat imkoniyati bor xolos, u shakllantirishga
muhtojdir. Shakl tufayligina materiya imkoniyatdan voqelikka aylanadi.
Haqiqiy
borliq, uning fikricha, materiya va shaklning birligidir. Bular bir-biriga o'tib
turadi, shaklsiz materiya yo'q. Demak, shakl va materiya
tushunchalari nisbiy
xarakterga ega
.
Arastu fikricha dunyoda to'rt xil sabab bordir: 1. Moddiy sabab yoki
materiya (masalan, uy bunyod etish uchun zarur bo'lgan qurilish materiallari);
2.Shakliy sabab yoki shakl (uy tarixi); 3.Vujudga keltiruvchi sabab (uy
quruvchi
binokorlik san'ati); 4.So'nggi sabab yoki maqsad (bitkazilgan bino).
Arastu qadimgi dunyodagi sodda dialektik fikrni eng yorqin ifodalagan
mutafakkirlardan biri edi. Qadimgi yunon faylasuflarning
hammasi olamning
umumiy manzarasini to'g'ri izohlab bergan sodda materialistik hamda tug'ma
stixiyali dialektik edilar. Ular orasida Arastu dialektikasi alohida ajralib turar edi.
Arastu tabiatni ongli o'zgarishda, rivojlanishda ekanligini ko'rsatadi: buni u
materiyaning shaklga ega bo'lish
jarayoni, imkoniyatni voqelikka aylana borishi
deb tushunadi. Biroq uning ta'limotida
dialektikaga zid fikrlar, qarashlar ham
mavjud. Arastu materiya passiv, shaklsiz narsa, shakl esa aktiv bo'lib, narsani narsa
qiluvchidir, deb hisoblaydi.