Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   466
TATU Falsafa

116
 
Empedokl va Levkipplar dunyoni materialistik nuqtai-nazardan izohlab berish 
bilan bir qatorda narsa va hodisalarning kelib chiqishi va rivojlanishiga dialektika 
nuqtai-nazaridan yondashganlar. 
Qadimgi Yunonistonning eng mashhur faylasuflaridan biri 
Demokrit
dir 
(mil.avv.460-370 yy.). Uning asosiy asari “Buyuk diakosmos” bizgacha saqlanib 
qolmagan. Demokritning nuktai-nazaricha, dunyo moddiy bo'lib, ruh, ong 
materiyaning mahsulidir. U Levkippning qarashlarini rivojlantirib, dunyoning 
asosi atomlar va bo'shliqlaridan iborat, narsa va hodisalarning rang-barangligi 
atomlar birikish usullarining turli-tumanligidan kelib chiqadi, deb hisoblaydi.

Demokrit materiya va harakatning ajralmasligi, harakat, fazoning ham xuddi 


materiya singari ob'ektiv mavjud ekanligini tan olish lozim deydi. Lekin u 
harakatni atomlarning bo'shliqdagi oddiy o'rin almashishi deb qaraydi. Harakatning 
o'zini esa atomlarning fazoda to'qnashuvi natijasida hosil bo'ladi deb hisoblaydi. 
Demokrit atomistik va determinizm tamoyilini o'zining kosmogonik nazariyasiga 
ham tatbiq etadi. Atomlar o'zlarining fazodagi tartibsiz harakatlari jarayonida bir 
tomondan, o'zaro to'qnashib, bir-birini parchalab boradi, ikkinchi tomondan, bir-
biriga qo'shilib, tuproq, suv, havo, olov va ulardan quyun shaklida 
harakatlantiruvchi ko'p dunyolarni vujudga keltiradi

Demokrit tabiatdagi hamma voqea, hodisalarning doimo o'zgarib turishini 
zaruriyat hisoblab, tabiatdagi tasodifni tan olmas edi. Uning fikricha, narsa va 
hodisalar o'rtasidagi sababiyatni bilmaslik tasodifni tan olishga olib keladi. Sababiy 
bog'lanishlarni tekshirishni u fanlarning asosiy vazifasi deb hisoblar edi.
 
Demokrit ong va ruh ham atomdan iborat deb hisoblagan. Demokrit olamni 
bilish mumkinligini ta'kidlab, uni qorong'i va haqiqiy bilimlardan iborat deydi. U 
bilish jarayonida hissiyot va tafakkurning rolini ham ko'rsatib o'tadi.
 
Hissiy bilish orqali biz narsalarning (atomlarining qo'shilishi tufayli mavjud 
bo'lgan) sifat va xususiyatlarini bilsak, aqliy bilish orqali sezgilarimiz bilan 
bevosita sezib bo'lmaydigan hodisalarni bila olamiz. Aql yordami bilan atomlar 
(narsalar)ning mohiyati belgilanadi. Demokrit falsafa tarixida birinchi bo'lib bilish 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin