Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   466
TATU Falsafa

74
 
falsafiy dunyoqarashi rivojida manba bo’lib xizmat qildi. Ulug’bekning bilimi va 
tafakkuri zamondoshlaridan bir necha bor o’zib ketgan edi. 
Ulug’bek boshqa ko’pgina hokimlardan farqli o’laroq, ham davlat arbobi
ham asl olim sifatida faoliyat ko’rsatdi, olimlikni arboblik, arboblikni olimlik 
bilan qo’shib olib bordi, ilmu amal yo’lini o’z faoliyatida birlashtirdi. 
Davlat arbobi sifatida qurilish ishlarini haddan tashqari rivojlantirdi
poytaxtni me’morchilik san’ati bilan bezadi, ulkan binolar bilan obod qildi, 
o’zigacha boshlangan qurilishlarni nihoyasiga yetkazdi. 
Ulug’bek zamonida Samarqandda «Shoxizinda», “Guri Amir» maqbarasi 
singari yirik me’moriy ansambllari, Registonda katta xonaqo, bir qancha 
shifoxona, hammom va kutubxonalar qurildi. Hunarmandchilik ishlab chiqarishi, 
savdo rivojlandi. Uning farmoniga binoan 1420 yilda Buxoro va Samarkandda, 
1432-1438 yillarda G’ijduvonda madrasalar qurildi. 
Mirzo Ulug’bek hukmronligi davrida adabiyot, san’at, tarix, falsafa, 
tibbiyot, she’riyat bilan bir qatorda matematika, astronomiya singari aniq fanlar 
ham tez rivojlandi. 
O’zi allomai jahon hisoblangan Mirzo Ulug’bek fan va madaniyat 
taraqqiyotiga alohida ahamiyat berib, atrofiga o’z zamonasining eng buyuk 
olimlarini to’plab, ular bilan yaqin ilmiy muloqotda bo’lib, ilmiy yo’nalish va 
yo’l-yo’riqlar berib turdi. 
Ulug’bek davrida «Zubdat tavorix» («Salnomalar qaymog’i»)
nomli
ajoyib 
asar yozgan tarixchi Lutfulla Hofizi Abru (1431 yilda vafot etgan), «At-tarifati 
Jurjoniy» nomli falsafiy risola muallifi Ali ibn Muhammad Jurjoniy (vafoti 1413 
yil), mashhur tibbiyot olimi Mavlono Nafis, lirik shoirlardan Sirojiddin Bastoyi 
Samarqandiy (1412 yilda vafot etgan), Xayoliy Buxoriy (1449 yilda vafot etgan), 
1409-1410 yillarda yozilgan «Yusuf va Zulayxo» dostoni muallifi Badaxshiy 
Durbek, qasida janrida ijod qilgan Sakkokiy (1465 yoki 1468 yilda vafot etgan) va 
boshqa ko’plab taniqli olim va san’atkorlar yashab ijod etishgan. 
Matematika va astronomiya ilmida g’oyat bilimli bo’lgan, «Aflotuni 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin