72
abadiy izlari bo’lmaganda, xalqlarning xabarlarini qanday bilar edik»
1
.
Beruniyning jamiyat, uning istiqboli, kelajak sari rivojlanib borishida
mehnatning, ilm-fan, madaniyat va ma’naviyat, inson omillarining roli va
ahamiyati borasida bildirgan fikr-mulohazalari ham bebahodir. Faylasuf olim inson
o’zidan boshqalarning ham baxt-saodatini o’ylashi zarurligi haqida gapirib
«Mineralogiya» asarida bunday degan: «Insonning qadr-qimmati o’z vazifasini
a’lo darajada bajarishdan iborat. Shuning uchun ham insonning eng asosiy vazifasi
va o’rni mehnat bilan belgilanadi. Inson o’z xohishiga mehnat bilan erishadi» .
Beruniy jamiyat taraqqiyotini fan taraqqiyotida ko’radi, ilm diniy va hududiy
chegaralarga qaramay, inson va insoniyatga, mamlakat xalqlariga xizmat qilishi
kerak, deb hisoblaydi. «Mening butun fikri-yodim, qalbim, bilimlarni targ’ib
qilishga qaratilgan, chunki men bilim orttirish lazzatidan baxramand bo’ldim,
buni men o’zim uchun katta baxt deb hisoblayman”, — deb yozgan edi olim.
X1V-XV asrlarda O’rta Osiyoda yuzaga kelgan Uyg’onish
davri soxibqiron
Amir Temur
ning (1336-1405 yy.) hayoti va faoliyati bilan bevosita bog’liqdir.
Uning Movarounnahrda markaziy hokimiyatni qo’lga kiritish, feodal tarqoqlikka
barham berish, markazlashgan davlat tuzishdagi xizmatlari O’rta Osiyo xalqlari
tarixidagi dunyo ahamiyatiga ega bo’lgan voqeadir.
Amir Temur katta imperiya barpo etdi. U davlatni mustahkamlashda
savdogarlarga, hunarmandlarga, shayxlarga tayandi, ilm-fan, adabiyot, san’at
taraqqiyoti uchun qulay sharoitlar yaratdi, xorijiy mamlakatlardan olimu
fuzalolarni, ilohiyotchilarni, san’at namoyondalarini Samarqandga olib keldi.
Natijada me’morchilik, rassomchilik, naqqoshlik, madaniyat, ilm-fan taraqqiyoti
yuksak chuqqilarga ko’tarildi
2
.
Temuriylar sulolasining nomi nafaqat Sharq, musulmon olamidagina emas,
balki G’arbdagi xristian dunyosida ham bir necha asrlar mobaynida yod etilib va
e’zozlanib kelingan. Ana shunday buyuk zotlardan biri sohibqiron Amir
1
Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. –T.:“Fan”, 1965.-25-bet.
2
Temur tuzuklari.-T.:“G’ofur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi”,1991.-144 -bet.
|