Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   466
TATU Falsafa

68
 
bo’lgan narsalardan oldin mavjud bo’lib, bu narsalar ularni tashkil etuvchi 
materiyaga muhtojdir deb ko’rsatadi. 
Ibn Sino jismlar to’rt unsurdan tashkil topgan, deydi. Bu to’rt unsur — havo, 
suv, olov, tuproq — o’zaro bog’liq, bir-biriga ta’sir etadi. Shundan u yoki bu narsa 
paydo bo’ladi yoki yo’qoladi. Lekin ularning asosi — to’rt unsur o’zgarmaydi, 
yo’qolib ketmaydi. 
Ibn Sino to’rt unsurdan ikkitasi yengil va ikkitasi og’ir, deydi. yengillari 
olov va havodan iborat bo’lsa, og’ir-suv va yer — tuproqdir. yer oddiy jism bo’lib, 
uning tabiiy o’rni hamma jismlarning o’rtasidir. yerning tabiati sovuq va quruqdir. 
Suv oddiy bir jism bo’lib, tabiiy o’rni bilan, yer va havo o’z tabiiy o’rinlarida, 
bo’lganlarida yerni o’raydi va havoga o’ralib turadi. Suv sovuq va ho’ldir. Suv 
tashqi ta’sirlar tufayli zarralanib tarqalishi, birikishi, turli shakllarga kira olishi 
mumkin. Oddiy bir jism bo’lgan havo, - olimning ta’kidlashicha, - tabiatiga ko’ra, 
issiq va ho’ldir. Uning o’rni suvning usti, olovning tagidir. 
Ibn Sino hamma narsaning mohiyatini materiya tashkil etadi, materiya turli-
tuman shakllarda namoyon bo’ladi, degan falsafiy qarashni rivojlantiradi. Jism 
materiyasiz bo’lmaganidek, materiya ham shaklsiz bo’lmaydi. Demak, jism va 
uning shakli bir-biridan ajralmas bo’lganidek, materiya va shakl ham o’zaro 
ajralmasdir. Materiya harakat, fazo, zamon bilan bog’liqdir. 
«Har bir narsani bilish, - deydi alloma, - u narsalarning sabablari bo’lsa, shu 
sabablarni bilish orqali hosil bo’ladi va tugallanadi. Shuning uchun tibbiyotda 
sog’liq va kasallikning sabablarini bilish kerak bo’ladi. Sog’liq, kasallik va 
ularning sabablari goho ochiq, goho maxfiy bo’lib, unga his bilan emas, balki 
belgilarga asoslanib fikr yuritish bilan yetishiladi”
1

Ibn Sino inson bilimlari olamni bilish asosida paydo bo’ladi va rivojlanadi, 
deydi. Shu bilan birga u hissiy bilish inson bilimi rivojlanishining dastlabki 
bosqichi bo’lib unda narsalarning sirtqi, tashqi tomonlari aniqlanishini 
ta’kidlagandi. Narsalarning ichki tomonlarini, mohiyatini bilib olishda inson aqli 

1
Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. 1-kitob. - T.:“Fan”, 1992. -12-bet.



Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin