66 mohiyatini, ma’nosini biladi, deb hisoblagan.
Forobiy ijtimoiy hayot, jamiyat masalasida ham muhim falsafiy fikrlarni
o’rtaga tashlagan. U o’zining «Fozil odamlar shahri» kitobida har bir inson o’z
tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka
erishmoq uchun ko’p narsalarga muhtoj bo’ladi, u bir o’zi bunday narsalarni
qo’lga kirita olmaydi, ularga ega bo’lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj
tug’iladi, deydi. Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda ularning
har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo’lgan narsalarni yetkazib
beradi.
Forobiy insonlarni o’zaro hamkorlikka chaqiradi, dunyoda yagona bir
butun inson jamoasini tuzish haqida orzu qiladi. «Baxt-saodatga erishuv haqida»
risolasida kamolotga bir kishining yolg’iz o’zi (birovning yoki ko’pchilikning
yordamisiz) erishuvi mumkin emas. «Har bir inson o’z tabiati bilan shunday
tuzilganki, - deydi Forobiy, - u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq
uchun ko’p narsalarga muhtoj bo’ladi, u bir o’zi bunday narsalarni qo’lga kirita
olmaydi, ularga erishish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug’iladi... Shu
sababli yashash uchun zarur bo’lgan, kishilarni bir-biriga yetkazib beruvchi va
o’zaro yordamlashuvchi ko’p kishilarning birlashuvi orqaligina odam o’z
tabiati bo’yicha intilgan yetuklikka erishuvi mumkin. Bunday jamoa
a’zolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va yetuklikka
erishuv uchun zarur bo’lgan narsalarni yetkazib beradi»
1
.
Forobiy davlatni har tomonlama yetuk, o’zida eng yaxshi insoniy fazilatlarii
jo qilgan kishilar yordamida idora etish zarurligini qayd etadi. Shuningdek, u har
tomonlama yetuk aholini ilm-ma’rifatga olib boruvchi ideal jamoa haqidagi
xayolotini olg’a suradi. «Fozil odamlar shahri» kitobida Forobiy davlatni
boshqaruvchi Ollohdan boshqa hech kimga buysunmasligi kerak, u tabiatan o’n
ikkita xislat-fazilatni o’zida birlashtirgan bo’lishi zarur, deydi va ularni birma-
1
Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri.-T.:“Xalq merosi”, 1993.-186-bet.